Soʻz chamani: Erkin Vohidov

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼrlar toʻplami

„Soʻz chamani: Erkin Vohidov“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2020-yil Toshkent shahrida „Akademnashr“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga shoir turli yillarda yozgan sheʼrlar kiritilgan. Toʻplamni Rustam Mirvohid hamda Navoiylik Alisher tuzgan.[1] Toʻplam lotin yozuvida chop etilgan. Kitob adadi – 4 000 nusxa.

Soʻz chamani: Erkin Vohidov
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot „Akademnashr“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2020
Sahifalar soni 128
ISBN ISBN 978-9943-6361-6-3

Bugunga qadar „Akademnashr“ nashriyotida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashab­busi bilan hamda „Ijod“ jamoat jamgʻarmasi homiyligida „Soʻz chamani“ ruknida bir necha shoir sheʼrlari toʻplamlari chop etildi. 2020-yilning 6-oktabrida uyushma hamda Oʻzbekiston dav­lat sanʼat va madaniyat instituti Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida „Soʻz chamani: Erkin Vohidov“ kitobi taqdimotini oʻtkazdi.[2] „Soʻz chamani: Erkin Vohidov“ toʻplami „Soʻz chamani“ rukni doirasida tayyorlangan yana uch kitob: Choʻz chamani: Ibroyim Yusupov, Choʻz chamani: Abdulla Oripov va Choʻz chamani: Halima Xudoyberdiyeva toʻplamlari bilan bir vaqtda eʼlon qilindi.[3]

Manbalar tahrir

  1. „Erkin Vohidov, „Akademnashr“ NMM“. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr. [sayt ishlamaydi]
  2. „Yangi kitoblar taqdimoti“. Yuz (2020-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr.
  3. „Soʻz chamani“. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati (2020-yil 9-oktyabr). 28-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr.

Havolalar tahrir