Nuriston viloyati
(Sobiq Kofiristondan yoʻnaltirildi)
Nuriston, sobiq Kofiriston — Afgʻonistonning shimoli-sharqidagi baland togʻli viloyat. Aholisi, asosan, nuristonilar. 19-asr oxiriga qadar Nuristonda mustaqil dehqon jamoalari yashagan; ular arablar, Amir Temur, Akbar, Nodirshoh bilan boʻlgan urushlarda oʻz mustaqilliklarini saqlab qolishgan. 1896-yil afgʻon amiri Abdurahmon tomonidan boʻysundirilgan, aholi islomga kirgizilgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |