Sobirjon Moʻminov

uzbek singer

Sobirjon Moʻminov (1969-yil 29-noyabr, O'sh, Qirgʻiziston) — taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2000). Sobirjon Moʻminov dastlab umumiy maktabda, keyinchalik musiqa maktabida 7 yil ta'lim oldi. Skripka chalish sirlarini ustozi Boris Alekseyevichdan oʻrgandi. Oʻsh shahridagi bilim yurtida oʻqish jarayonida Oʻsh teatrida yakkaxon xonanda boʻlib ishlay boshladi. Keyin Toshkent Davlat madaniyat institutiga oʻqishga kirib, maqom va tanbur sozi boʻyicha tahsil oldi. 1992-yildan Muhitdin Qoriyoqubov nomidagi badiiy jamoalar direksiyasi qoshidagi „Oʻzbekiston“ ansamblida yakkaxon xonanda bo'lib ish faoliyatini davom ettirdi. Burhon Sharopov bilan bo'lib o'tgan intervyuda Sobirjon Mo'minov

Sobirjon Moʻminov
Tavalludi Sobirjon Moʻminov
29-noyabr 1969-yil (1969-11-29) (54 yosh)

Meni ijoddan boshqa hech narsa yuragimga taskin berolmaydi

deydi doimo ijod faoliyati haqida fikr yuritishini takidlab. Sobirjon Mo'minov Oʻzbekiston boʻylab, shuningdek, bir qancha xorijiy mamalakatlarda Turkiya, AQSh, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarda safarda boʻlib qaytgan.

Qo'shiqlari

tahrir
Qo'shiqlari
Nomi
1 Sensiz
2 Toshkent Farg'ona
3 Bir kam dunyo
4 San tomon
5 Shu go'zal
6 Ikki dil
7 Meni kutmang
8 Eslarmikansan
9 Qalbindasan
10 Bitta kuling
11 Onangizga kuyov bo'laman
12 Ajib dunyodirsan
13 Birinchi muhabbat

Oilasi

tahrir

Sobirjon Moʻminov 4 nafar farzandning otasi.Turmush oʻrtogʻi Naziraxon. Hozirda oila aʻzolari bilan Amerikaning Nyu-York shahrida yashab, ish faoliyatini davom ettirmoqda. Sobirjon Moʻminovning aytishicha, Amerikada konsert va toʻy tadbirlarini oʻtkazishni tashkillashtiruvchi kompaniya ochgan. Xonandani toʻy xizmatiga taklif etmoqchi boʻlganlar xizmat haqini shu kompaniyaga oʻtkazadi[1].

Erishgan yutuqlari

tahrir

Sobirjon Moʻminov 1993 yilda „Anor“ estrada qoʻshiqlar tanlovining mutloq gʻolibi, 1995 yilda „Sado“ tanlovi gʻolibi, 1998 yilda „Oila“ yilining mashhur qoʻshiqchisi boʻldi[2] 2000 yilda esa Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor bo'ldi.


Manbalar

tahrir