2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari

(Sochi 2014dan yoʻnaltirildi)

2014-yilning 7-23-fevral kunlari Rossiyaning Sochi shahrida XXII qishki Olimpiada oʻyinlari oʻtkazildi.

Dunyoning 88 davlati vakillari 17 kun davomida sportning 7 turi boʻyicha 98 komplekt medallar uchun bahs yuritdilar.

Mamlakatlar

tahrir
Ishtirokchilar (sportchilar)
Qatnashmagan. Kiritilgan.

Umumjamoa hisobida 13 ta oltin, 11 ta kumush va 9 bronza, jami 33 ta medalini qoʻlga kiritgan Rossiya jamoasi birinchi oʻrinni egalladi. Bunga qadar 1932-yili AQSh, 1952-yilda Norvegiya, 2010-yilgi musobaqada esa Kanada davlati vakillari oʻz uylarida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiada oʻyinlarida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashgan.

Ikkinchi oʻrindagi Norvegiya terma jamoasi 11 ta oltin, 5 ta kumush, 10 ta bronza medaliga ega boʻldi. Musobaqaning soʻnggi kuni xokkey musobaqasida Olimpiada chempioni boʻlgan Kanada terma jamoasi uyiga 10 ta oltin, shuncha kumush, 5 ta bronza medali bilan qaytdi. Medallar jamgʻarish boʻyicha kuchli oʻntalikdan AQSh, Gollandiya, Germaniya, Belarus, Shveysariya, Avstriya hamda Fransiya terma jamoalari joy olishdi. Jami 26ta terma jamoa hisobida kamida bitta bronza medali boʻldi. 21 ta terma jamoa tarkibida esa kamida bir nafar Olimpiada chempioni bor.[1]

Bu safargi qishki Olimpiada oʻyinlarida 88 davlat vakillaridan 26 tasiga sovrinli oʻrinlarni egallash nasib etdi.

Olimpida medallari

tahrir

Olimpiada medallariga bezak berishda rus xalqining anʼanalari hamda naqshlaridan foydalanilgan. 1300 ta medalni yasash uchun 3 kg tilla, 2000 kg kumush, 700 kg bronza ketgan. Medaldagi naqshning oʻrta qismi polikarbonatdan yasalgan.[2]

Medal lentasini ushlab turuvchi metal oʻzakcha shu qadar chidamli qilib tayyorlanganki, hatoki 100 kg ogʻirlikni ham koʻtara oladi. Ha, aynan shunday. Olimpiada oʻyinlari tarixida Sochidagi musobaqada rekord darajadagi medallar chiqarildi. Ularning soni hammasi boʻlib 1254 tani tashkil etadi.

Olimpiada timsoli

tahrir

Sochidagi Qishki Olimpiada oʻyinlarining timsoli sifatida oq Ayiqcha, Leopard va Quyoncha tanlangan.

Olimpiada mashʼalasi

tahrir

Olimpiada oʻyinlarining boshlanganidan darak beruvchi mayoq, qush pati shaklida tayyorlangan. Ushbu mayoqning asosi alyumindan tayyorlangan va chidamli polimer bilan qoplangan. Umumiy hisobda 14 mingta shunday mayoq tayyorlangan. Uning boʻyi 95 sm, eni 15.5 sm, ogʻirligi esa 1.8 kg.

2014 Qishki olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston

tahrir

Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Misha Ge figurali uchish musobaqalarida 17 natijani qayd etdi. Togʻ changʻichilarimiz Kseniya Grigoreva gigant-slalomda 64-oʻrinni, slalomda esa birinchi urinishda 54 natijani qayd etdi. Artem Voronov esa gigant-slalomda 67-oʻrinni, slalomda esa 39-oʻrinni band etdi.[3]

XXIII qishki Olimpiada oʻyinlari 2018-yili Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida oʻtkaziladi.

Manbalar

tahrir
  1. Хайр Сочи, салом Пхенчхан!, 2016-03-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-24
  2. Sochi-2014. Medallar, timsollar va mashʼala
  3. Sochi-2014. XXII qishki Olimpiada oʻyinlari nihoyasiga etdi, 2014-02-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-24 „arxiv nusxasi“. 2014-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.

Havolalar

tahrir