Eva Sofia Jakobsson (1990-yil 23-aprelda tugʻilgan) — shved futbolchisi, Milliy ayollar futbol ligasida “ San-Diego Wave ” jamoasi sharafini himoya qiladi. U 2011-yilda Shvetsiya ayollar terma jamoasida debyut qilgan va 2019-yilda 100 - oʻyinda gʻalaba qozongan. Yakobsson oʻz mamlakatini 2013-yilgi UEFA ayollar chempionatida, shuningdek, 2011, 2015 va 2019 FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida himoya qilgan. U shuningdek, 2012, 2016 va 2020-yillardagi futbol boʻyicha Olimpiya oʻyinlarida ham Shvetsiya jamoasi tarkibida.

Eva Sofia Jakobsson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Eva Sofia Jakobsson[1]
Tavallud sanasi 23-aprel 1990-yil (1990-04-23) (34 yosh)[2]
Tavallud joyi Örnsköldsvik, Shvetsiya[3]
Boʻyi 1.74 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
San Diego Wave
Raqami 10
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006 Hägglunds IoFK
2007 Östers IF 21 (9)
2007—2011 Umeå IK 58 (18)
2011—2013 WFC Rossiyanka 13 (9)
2013 Chelsea 11 (6)
2013—2014 BV Cloppenburg 22 (5)
2014—2019 Montpellier HSC 91 (50)
2019—2020 CD Tacón 20 (7)
2020—2021 Real Madrid 33 (8)
2021 Bayern Munich 5 (1)
Milliy terma jamoa
2011– Shvetsiya 143 (23)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2-iyul 2021-yil uchun)

Klubdagi karyera tahrir

Östers IF uchun ikkinchi divizionda bir mavsum oʻynaganidan soʻng, Jakobsson 2007-yilda 17 yoshida milliy chempion Umeå IK bilan shartnoma imzoladi. Umeada besh mavsum davomida u ikkita chempionat va bir mamlakat kubogini qoʻlga kiritdi va UEFA ayollar kubogida debyut qildi. Umeå 2009-yildan beri Damallsvenskandagi peshqadamlik va liderlik mavqeini yoʻqotganidan soʻng, Jakobsson yana UEFA ayollar chempionlar ligasida oʻynash uchun Rossiya chempioni WFC Rossiyankaga klubiga koʻchib oʻtdi.[4]

 Chelsea tahrir

Jakobsson 2013-yil yanvar oyida Chelsi Ladies bilan shartnoma imzolagan[5] U Birmingem bilan 1:1 hisobida durang oʻynalgan oʻyinda debyut qilgan va oʻsha oʻyinda gol muallifiga aylanagan[6] keyingi oʻyinda Doncaster Rovers Bellesga qarshi dubl qayd etdi[7]. U Ayollar Superligasining ketma-ket uchinchi oʻyinida Liverpul Ladies ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi[8]. U qolgan 8 oʻyinda yana 2 ta gol urib, Eniola Aluko bilan birga Chelseaning eng yaxshi toʻpurari boʻldi[9].

  BV Cloppenburg tahrir

Mavsum oxiriga qadar uchta WSL oʻyini qolganda u jamoadoshi Ester bilan birga Germaniya Bundesligasiga koʻchib oʻtdi va yangi porlab kelayotgan BV Cloppenburg jamoasi bilan shartnoma imzoladi[10][11]. 2014-yil iyul oyida Jakobsson Fransiya 1-divizionining Montpellier HSC jamoasi bilan shartnoma imzolagan[12].

  Real Madrid tahrir

2019-yil iyul oyida Jakobsson terma jamoadoshi Kosovare Asllani bilan birga oʻsha paytda CD Tacon nomi ostida boʻlgan Ispaniya Primerasining Real Madrid Feminino jamoasiga qoʻshildi[13]. Ispaniyadagi birinchi mavsumida Jakobsson poytaxt klubida eng koʻp gol urdi va eng koʻp golli uzatmani amalga oshirdi 8 gol va 7 golli uzatma[14].

  Bayern Munich tahrir

 

2021-yilning iyun oyida Jakobsson Real Madridni tark etishini eʼlon qildi. 2021-yil 2-iyulda u Germaniyaning oliy ligasi Frauen-Bundesligada Bavariya bilan shartnoma imzoladi[15]. Jakobsson Bavariya tarkibida bor-yoʻgʻi beshta oʻyinda maydonga tushdi va 2022-yilning yanvarida Milliy ayollar futbol ligasining Amerika jamoasi San Diego Wave FC bilan shartnoma imzoladi[16].

Xalqaro karyera tahrir

Jakobsson 2011-yilda Shvetsiya terma jamoasida debyut qilgan. U Shvetsiya sharafini uchta Jahon chempionatida (Germaniya - 2011, Kanada - 2015, Fransiya - 2019) va uchta yozgiOlimpiya oʻyinlarida (London - 2012, Rio - 2016, Tokio - 2020) himoya qilgan. Uning jamoasi jahon chempionatining ikkitasida (2011 va 2019) bronza medallariga egalik qilgan boʻlsa, Rioda ham, Tokioda ham kumush medallarni qoʻlga kiritdi. U 2013-yilgi Yevropa chempionatida ham ishtirok etgan. Jakobsson 2015-yilgi Algarve kubogining eng yaxshi toʻpurari boʻlib, Shvetsiya terma jamoasi safida toʻrt marta gol urgan.

Jakobsson 2017-yilning yanvarida oʻzining fransuz klubi bilan mashgʻulot oʻtkazayotganda tizzasidan jarohat olgan va bu tufayli Shvetsiya terma jamoasining Ayollar oʻrtasidagi 2017-yilgi Yevro-2017 musobaqasida ishtirok eta olmagan[17].

2019-yil aprel oyida Jakobsson oʻzining yubiley 100-oʻyinida gʻalaba qozondi va bu voqea Shvetsiyaning Mariya Enzersdorfda Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:0) urilgan gol bilan tarixga kirdi[18].

 

Ayollar oʻrtasidagi 2019-yilgi Jahon chempionatining chorak finalida Jakobsson Germaniya terma jamoasi hisobda oldinga chiqib olgandan keyin oʻn daqiqa ichida hisobni tenglashtiruvchi gol urdi. Shvetsiya oʻsha oʻyinda 1995-yilgi Jahon chempionatidan keyin yirik turnirda nemislar ustidan birinchi gʻalabasini qoʻlga kiritib, oʻyinda gʻalaba qozondi[19][20]. U shuningdek, oʻsha turnirning 3-oʻrin uchun oʻyinida Angliyaga qarshi oʻyinning 22-daqiqasida oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻygan[21].

Sofia Germaniyaga qarshi chorak final va Angliyaga qarshi bronza medali uchun oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.

Xalqaro maydonda urilgan gollar tahrir

Gol Oʻyin Sana Joy Raqib Start Daq Hisob Natija Turnir
  2013 Yevropa Chempionati
1
2013-yil 10-iyul Gothenburg Daniya 79-daqiqa 1:1 Guruh bosqich
2
2013-yil 13-iyul Gothenburg Finlandiya Start 5:0 Guruh bosiqchi
3
2013-yil 21-iyul Halmstad Islandiya Start 4:0 Chorak finla
4
2013-yil 24-iyul Gothenburg Germaniya 7-daqiqa 0:1 Yarim final

Manbalar tahrir

  1. „Sofia Jakobsson“. Sports-Reference.com. 17-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2013-yil.
  2. „List of Players – 2015 FIFA Women's World Cup“. Fédération Internationale de Football Association. 10-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2015-yil.
  3. „Profile“ (shvedcha). Svenska Fotbollförbundet. Qaraldi: 25-iyun 2015-yil.
  4. „Jakobsson seals Rossiyanka deal“. UEFA (4-sentyabr 2011-yil). Qaraldi: 5-sentyabr 2011-yil.
  5. „Dam: Chelsea nästa för Sofia Jakobsson“ (shvedcha). Svensk Fotboll (30-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 3-fevral 2013-yil.
  6. „Archived copy“. www.chelseafc.com. 2013-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2022-yil.
  7. „Chelsea beat Doncaster to top WSL“. BBC Sport.
  8. „Chelsea vs. Liverpool – 12 May 2013 – Women Soccerway“.
  9. 2013 WSL tables in soccerway.com
  10. „Duo Depart For Germany“. Chelsea Ladies FC (5-sentyabr 2013-yil). 9-sentyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2013-yil.
  11. http://www.framba.de/content/index.php?option=com_content&view=article&id=4650:bv-cloppenburg-verpflichtet-sofia-jakobsson-und-ester&catid=118:bundesliga (Wayback Machine saytida 24-sentyabr 2015-yil sanasida arxivlangan).
  12. „Sofia Jakobsson signs for French club Montpellier HSC“. womenssoccerunited.com (16-iyul 2014-yil).
  13. „Sofia Jakobsson passe de Montpellier au Real Madrid“ (fransuzcha). So Foot (29-iyul 2019-yil).
  14. „Sofia Jakobsson – Leistungsdaten – Frauenfußball auf soccerdonna.de“. soccerdonna.de. Qaraldi: 2-iyul 2020-yil.
  15. „FC Bayern sign Swedish national player Sofia Jakobsson“. fcbayern.com (2-iyul 2021-yil). Qaraldi: 2-iyul 2021-yil.
  16. „Sofia Jakobsson sees move to San Diego as key to Sweden career, too“. The Equalizer (4-fevral 2022-yil).
  17. „Sofia Jakobsson korsbandsskadad“ (shvedcha). Swedish Football Association (1-fevral 2017-yil). Qaraldi: 19-aprel 2019-yil.
  18. Julin, Albin; Friberg, Anna. „Hon blev målhjälte – i sin 100:e landskamp“ (shvedcha). Expressen (9-aprel 2019-yil). Qaraldi: 19-aprel 2019-yil.
  19. Edwards, Luke. „Sweden come from behind to knock out Germany and reach World Cup semi-final“. The Telegraph UK (29-iyun 2019-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
  20. „Sweden upset Germany to reach World Cup semis“. The Guardian (29-iyun 2019-yil). Qaraldi: 30-iyun 2019-yil.
  21. „Sweden secures Women's World Cup bronze medal after topping England in third-place game“. USA Today (6-iyul 2019-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2019-yil.