Sofie Junge Pedersen (1992-yil 24-aprelda tugʻilgan) — daniyalik futbolchi. U Italiya A seriyasining „Juventus“ klubi va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Sofie Junge Pedersen
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sofie Junge Pedersen[1]
Tavallud sanasi 24-aprel 1992-yil (1992-04-24) (32 yosh)
Tavallud joyi Aarhus, Daniya
Boʻyi 1.76 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Juventus
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2006 BMI
2007—2009 IK Skovbakken
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2011 IK Skovbakken
2012—2015 Fortuna Hjørring
2015—2017 FC Rosengård 6 (0)
2017—2018 Levante UD 24 (1)
2018 Vittsjö GIK 11 (1)
2019 Juventus 56 (12)
Milliy terma jamoa
2007 Daniya U16 3 (1)
2007—2008 Daniya U17 19 (4)
2010—2012 Daniya U19 25 (5)
2011 Daniya U23 1 (0)
2011 Daniya 77 (7)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 18-iyun uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 18-iyun uchun)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Junge Pedersen „IK Skovbakken“da klubidan 2011-yilda „Fortuna Hjorring“ga oʻtgan. Skovbakken 2010-yil aprel oyida Junge Pedersen va hamkasbi Pernil Harderni oʻzlarining ajoyib salohiyatini eʼtirof etgan holda shartnoma imzolagan edi[2].

2015-yil iyun oyida Junge Pedersen UEFA ayollar chempionlar ligasida „Fortuna Hjorring“ bilan oʻynagan. Shvetsiyaning Damallsvenskan chempionlarini hayratda qoldirgandan soʻng, „Rosengård“ bilan shartnoma imzoladi[3]. Rosengårddagi faoliyati davomida Junge boshidan jiddiy jarohat oldi va bu uni 2016-yilgi mavsum davomida oʻynay olmasligiga sabab boʻldi. 2017-yilda FC Rosengård shartnomasini uzaytirmaslikni tanladi va u Ispaniya Primyerasi klubi „Levante UD“ bilan shartnoma imzoladi. 2018-yil iyul oyida „Levante“ bilan shartnomasini tugatgandan soʻng, Junge Damallsvenskanga qaytib keldi va u yerda „Vittsjö GIK“ bilan shartnoma imzoladi. 2018-yil dekabr oyida Junge Italiyaning „Juventus“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati tahrir

2008-yilda Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan, 17 yoshgacha ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining ilk bosqichida Junge Pedersen chorak finalda boʻlajak chempion Shimoliy Koreyaga 4:0 hisobida magʻlub boʻlishdan oldin, oʻz guruhida gʻalaba qozongan Daniya jamoasi tarkibida edi[4].

2011-yil dekabr oyida Junge Pedersen oʻzining katta terma jamoasidagi debyutida, San-Pauluda Chili ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozondi. U Daniya terma jamoasiga UEFA ayollar oʻrtasidagi „Yevro-2013“ uchun kiritilgan[5]. 2017-yilda u Nils Nilsenning UEFA Ayollar oʻrtasidagi „Yevro-2017“ uchun tarkibiga kiritilgan boʻlib, u Line Sigvardsen Jensenning jarohatidan soʻng, asosiy tarkbda Niderlandiyaga qarshi finalda oʻynagan.

Xalqaro faoliyat statistikasi tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Natija Turnir
1. 2020-yil 22-sentyabr Centenary Stadium, Taʼqali, Malta Malta 6 — 0 8-0 UEFA ayollar oʻrtasidagi „Yevro-2022“ saralashi
2. 2020-yil 21-oktyabr Viborg stadioni, Viborg, Daniya Isroil 4 — 0 4-0

Shaxsiy hayoti tahrir

Junge Pedersen futbolchi boʻlishi bilan bir qatorda sotsialist sifatida tanilgan, ziyoli hisoblanadi[6]. Futbolchilik faolyati va universitetda oʻqishdan tashqari, u Afrikada xayriya va rivojlanish ishlarini olib boradi[7].

Yutuqlari tahrir

Fortuna Hjorring

  • Elite divizion: 2013— 2014

FK Rosengård

  • Damallsvenskan: 2015

Juventus

  • A Seriya: 2019—2020, 2020—2021, 2021—2022
  • Italiya kubogi: 2021—2022
  • Italiya Superkubogi: 2019—2020, 2020—2021, 2021—2022

Manbalar tahrir

  1. „List of Players - Denmark“. FIFA (27-oktabr 2008-yil). 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2015-yil.
  2. Dahl Mikkelsen, Tejs. „To talenter på kontrakt i Skovbakken“ (datcha). Århus Stiftstidende (27-aprel 2010-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2015-yil.
  3. Andersson, Jan Peter. „Junge Pedersen snart klar för FC Rosengård“ (shvedcha). Expressen (15-iyun 2015-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2015-yil.
  4. „Sofie Pedersen“. UEFA (28-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2015-yil.
  5. Bruun. „Upbeat Heiner-Møller confirms Denmark squad“. uefa.com. UEFA (21-iyun 2013-yil). Qaraldi: 14-iyul 2013-yil.
  6. „Sofie Junge Pedersen“ (datcha). Danish Football Association. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.
  7. Ahlstrøm, Frits. „Topspiller magter fodbold, studier og ulandsarbejde“ (datcha). TV 3 (Denmark) (15-noyabr 2014-yil). 24-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2015-yil.