Sol Rubinek
Sol Hersh Rubinek (inglizcha: Saul Rubinek (1948 — yil 2-iyulda Volfratshauzen, Germaniyada tavallud topgan) — kanadalik aktyor, rejissyor va ssenariynavis hisoblanadi.
Sol Rubinek | |
---|---|
Tavalludi |
2-iyul 1948-yil (74 yosh) |
Fuqaroligi | Kanada |
Kasbi | aktyor, rejissyor, ssenarist |
Janr | drama, komediya, melodrama |
Faoliyat yillari | 1968—hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Kate Lynch (ajrashgan) Elinor Reid (1990-yilda uylangan) |
Bolalari | 2 |
Rubinek besh karra xalqaro „Geine“ mukofotiga nomzod boʻlib, „Jannatga chipta“ (1981) filmi uchun esa eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor va bundan tashqari ikki karra „Gemini“ mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatilib, yutuqlarni qoʻlga kiritgan. Uning rejissyorlik debyuti „Jerri va Tom“ (1998) filmida 1998-yilda „Sundance“ kinofestivalida hakamlar hay’atining bosh mukofotiga nomzod boʻladi. U avvaldan samarali ish faoliyat yuritib, sahna aktyori va rejissyor boʻladi. Stratforddagi Shekspir festivali hamda Theatre Passe Muraille tanlovi bilan koʻp ishlaydi va Canadian Stage Company asoschilaridan biriga aylanadi.
Biografiya
tahrirAktyor 1948-yil 2-iyulda polshalik yahudiylar oilasida tugʻilgan boʻlib, xuddi shu yili aktyorning oilasi Kanadaga koʻchib oʻtadi[1].
Rubinek 1948-yilda Ittifoqchilar tomonidan bosib olingan Germaniyaga koʻchirilganlar lageri Föhrenvaldda tugʻiladi. Uning ota-onasi Franiya va Isroil Rubinek ikkalalari ham yahudiy tilida soʻzlashuvchi polshalik yahudiylar boʻlib, Ikkinchi Jahon urushi asoratlari tufayli polshalik fermerlar tomonidan ikki yildan koʻproq vaqt davomida yashirilgan edi. U Kvebekning Sent-Agathe-des-Monts shahridagi Camp B’nai Brithda qatnashadi.
Rubinek ota-onasining urushdagi boshidan kechirganlari haqida „Shu qadar koʻp moʻjizalar“ (Pingvin Kanada) kitobini yozgan.[2]
1979-yildan boshlab Sol AQShda ishlay boshlaydi[3].
Sol Rubinekning birinchi turmushi Kate Lynch bilan boʻlgan, keyinchalik u Eleanor Reid bilan turmush quradi, ularning hozirda ikki farzandlari bor. Qizining ismi Xanna (1991) va oʻgʻlining ismi Semdir (1995).
Manbalar
tahrir- ↑ „Saul Rubinek“. 2022-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
- ↑ „Saul Rubinek biografiyasi“. 2022-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
- ↑ „Saul Rubinek“. 2022-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
Havolalar
tahrir