Solomon Abramovich Gersfeld (1881—1918) — Turkistondagi yirik sarmoyador, jurnalist va advokat. Oʻrta Osiyodagi Sionistlar komiteti raisi. Turkiston muxtoriyati moliya vaziri, huquqshunos[1].

Solomon Gersfeld
Solomon Abramovich Gersfeld
Turkiston muxtoriyati moliya vaziri
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1881-yil 27-noyabr
Odessa
Vafoti 1918-yil

Tarjimayi holi tahrir

Solomon Gersfeld 1881-yil 27-noyabrda Odessada tavallud topgan. Uning millati buxoro yahudiylaridan. U 1902-yildan Shvetsariyadagi Bern universiteti yuridik fakultetining erkin tinglovchisi. Solomon Gersfeld Rossiyaga qaytgach, Odessa yunkerlik bilim yurtiga imtihon topshirgan va Samarqadda joylashgan 6-Turkiston batalyoniga harbiy xizmatni boshlaydi. Uning tashabbusi bilan 1904—1906-yillarda rus tilida „Samarqand“ gazetasi nashr etilgan. U 1907-yilda Odessa shahridagi Novorossiyesk universiteti yuridik fakulteti 2-kurs talabaligiga qabul qilingan. 1908-yilda uning tashabbusi bilan „Odesskoe slovo“ gazetasini chiqarilgan. 1913-yil mayda universitetni tamomlab, Samarqadga borgan[2].

Faoliyati tahrir

Solomon Gersfeld faoliyati davomida Samarqand shahar Dumasida yahudiylar komiteti raisi, 1917-yilda Samarqand shahar Dumasi aʼzosi, 1917-yil noyabrdan Turkiston muxtoriyati moliya vaziri va Milliy majlis aʼzosi kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan. U Turkiston muxtoriyatining boshqa aʼzolaridan farq qilib, hukumatning birinchi tarkibida tub xaqlardan boʻlmagan yagona nomzod sifatida moliya vaziri boʻlgan. Keyinchalik u oʻz lavozimini Islom Sulton Shoahmedovga topshiradi. 1918-yil Turkiston muxtoriyati tugatilgach, qizil gvardiyachilar tomonidan qamoqqa olingan. 1918-yil 18-fevralda otib tashlangan. Solomon Gersfeld Oʻrta Osiyo temir yoʻlining Melnikovo stansiyasi (hozirgi Konibodom)da dafn etilgan. Buxorolik yahudiylar talabi bilan uning jasadi 1918-yil Samarqaddagi yahudiylar qabristoniga qayta dafn qilingan. U faoliyati davomida Turkiston muxtoriyati uchun kurashlar olib bordi. Uning tarjimayi holi toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar saqlanib qolmagan[2].

Manbalar tahrir

  1. Abdullayev R. Raximov M, Rajabov Q va boshqalar. O’zbekiston tarixi (1917—1991) birinchi kitob. Toshkent: O’zbekiston, 2019 — 560 bet. 
  2. 2,0 2,1 Rajabov Q. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda milliy majlis a’zolari hayoti va taqdiri. Toshkent: Bodomzor invest, 2021 — 92 bet.