Sony Interactive Entertainment

(Sony Computer Entertainmentdan yoʻnaltirildi)

Sony Interactive Entertainment (yaponcha: 株式会社ソニー・インタラクティブエンタテインメント; qisqartmasi SIE; ilgari Sony Computer Entertainment (SCE) nomi bilan tanilgan) koʻp millatli videooʻyin ishlab chiqaruvchi shirkatdir. Egasi — Sony.[3] Tokioda tashkil topgan SIE Inc.ga 1993-yil noyabrda asos solingan. Dastlab, nomi Sony Computer Entertainment Inc. (SCEI yoki SCE) boʻlgan. SIE MChJ 2016-yil aprelida San Mateo shahrida tashkil topib,[3] Sonyning AQShdagi filiali — Sony Corporation of America tarafidan boshqariladi.[1]

Sony Interactive Entertainment

SIE global shtab-kvartirasi San-Mateo, Kaliforniya, AQSh
Sobiq nomi Sony Computer Entertainment (1993–2016)
Turi Video o'yinlar nashriyotchisi va Transmilliy korporatsiya
Tarmogʻi Videooʻyin sanoati
Egasi Sony[1]
Qachon asos solingan 16-noyabr, 1993-yil (31 yil avval) (1993-11-16) (Tokio)
1-aprel, 2016-yil (8 yil avval) (2016-04-01) (Sony Interactive Entertainment, Inc. sifatida)
Joylashuvi San Mateo, California, AQSh
Asoschi(lari) Ken Kutaragi
Rahbariyat
  • Jim Ryan
  • (Prezident va bosh direktor)
Mahsulot(lar)i Aksessuarlar va kontrollerlar Audiokinetic Wwise
Aylanma daromadi AQSh$2.503 milliard[2]
Operatsion foydasi US$322 million[2]
Ishchilar soni tax. 3 500
Vebsayti sie.com

1994-yilda original PlayStation konsoli ishlab chiqarila boshlaganidan beri, ushbu shirkat PlayStation videooʻyin konsollari, aksessuarlari va xizmatlarini ishlab chiqmoqda. Kompaniya Yaponiyadan Shimoliy Amerika va Yevropaga tarqalib, bu hududlarda filiallarini ochdi. Jumladan, 1995-yil mayida AQShning Kaliforniya shtatidagi Foster shahrida Sony Computer Entertainment America (SCEA), 1995-yil iyunida Liverpul shahrida Sony Computer Entertainment Europe (SCEE) filiallariga asos solindi. 2016-yil aprel oyida SCE va Sony Network Entertainment International qayta tashkil etildi. Oʻsha yili SIE MChJ ham tashkil etilib, uning bosh ofisi Kaliforniyaning San-Mateo shahrida joylashgandir.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Who We Are“ (en-us). Sony.com. Sony. 2019-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-sentabr.
  2. 2,0 2,1 FY 2020-yilgi daromad va operatsion daromad: „Consolidated Financial Results for the Fiscal Year Ended 31-mart 2021-yil“. Tokyo, Japan: Sony (2021-yil 28-aprel). Qaraldi: 2021-yil 28-aprel.
  3. 3,0 3,1 „SIE Company Profile“. Sony Interactive Entertainment Inc.. Qaraldi: 3-avgust 2019-yil.

Havolalar

tahrir