Soulfly (talaffuzi: Solflay) AQShda tuzilgan heavy metal musiqa guruhidir. Guruhga 1997-yil Max Cavalera tomonidan California shtatining Los Angeles shahrida asos solingan. Hozirgi tarkibi Max Cavalera, Zyon Cavalera va Mike Leondan iborat. Guruh shu kungacha oʻn ikkita studiyaviy albom, bitta mini-albom, yigirma uchta singl, bitta video-albom va oʻn ikkita videoklip chiqargan. Soulflyning ilk albomi boʻlmish Soulfly 1998-yilning 21-aprelida chiqarilgan. Albom Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan „oltin“ sertifikati bilan taqdirlangan.[2] Guruhning eng oxirgi chiqargan albomi Totem boʻlib, ushbu albom 2022-yilning 5-avgustida eʼlon qilingan. Guruh qoʻshiqlari matnlari avvalboshda siyosiy va diniy mavzularga oid mazmunda boʻlgan boʻlsa, keyinchalik urush, zoʻravonlik, qullik, nafrat va qahrga oid mavzularni ham qamrab olgan.

Soulfly

Soulfly performing at Rockharz Open Air in Germany, 2015
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Los Angeles, California[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Janr
Leybl
  • Nuclear Blast
  • Roadrunner
Tarkib
Sobiq aʼzolar
  • Marc Rizzo
  • Marcelo „Cello“ Dias
  • Roy Mayorga
  • Lúcio Maia
  • Logan Mader
  • Mikey Doling
  • Joe Nunez
  • Bobby Burns
  • David Kinkade
  • Tony Campos
Vebsayt soulfly.com

Diskografiyasi tahrir

Manbalar tahrir

  1. Larkin, Colin. The Encyclopedia of Popular Music. Omnibus Press, May 27, 2011. ISBN 978-0-85712-595-8. 
  2. „Gold and Platinum“. RIAA. 2007-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 28-fevral.
  3. „SOULFLY Announces New Album 'Totem', Releases 'Superstition' Single“. Blabbermouth.net (2022-yil 5-may). Qaraldi: 2022-yil 5-may.

Havolalar tahrir