Spazmolitik moddalar
Spazmolitik moddalar (spazm va ... liz) — silliq muskulli aʼzolar (tomir, bronx, meʼdaichak, oʻt, siydik yoʻllari va boshqalar) devorini boʻshashtiradigan dorilar. Miotrop va neyrotrop Spazmolitik moddalar boʻladi. Silliq muskullarga bevosita taʼsir etadigan miotrop Sm.ga papaverin, noshpa, eufillin, dibazol va boshqa, silliq muskullarning qisqarishiga sabab boʻladigan nerv impulyelarini yoʻqotadigan neyrotrop Sm.ga esa xolinolitik moddalar (mxolinolitiklar — atropin, spazmolitik va boshqalar) hamda simpatomimetik dorilar (adrenalin, efedrin, izadrin) kiradi. Sm. stenokardiya, bronxial astma, miya tomirlari spazmi, xoletsistit, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi, oʻt va buyrak toshi kasalliklarida qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |