Stanisława Nikodym (1897-yil 2-iyul — 1988-yil 25-mart) — polshalik matematik va rassom. Continuum nazariyasi, ayniqsa Jordan continuumlari boʻyicha koʻrsatgan natijalari bilan mashhur.

Stanisława Nikodym
Tavalludi 2-iyul 1897-yil
Varshava, Polsha
Vafoti 25-mart 1988-yil(1988-03-25)
(90 yoshda)
Varshava, Polsha
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Sohasi Continuum nazariyasi
Ish joylari Varshava politexnika, Kenyon kolleji
Tezis sarlavhasi O rozcinaniu płaszczyźny przez zbiory spójne i kontinua
Akademik rahbarlari Stefan Mazurkiewicz
Turmush oʻrtogʻi Otto M. Nikodym

Hayoti

tahrir

Stanisława Dorota Liliental Varshavada etnograf Regina Lilientalowa va Natan Liliental oilasida tugʻilgan. Stanisławaning Antoni ismli ukasi boʻlgan (1908-yilda tugʻilgan). Helena Skłodowska-Szalayning boshlangʻich maktabi va Varshavadagi ayollar maxsus maktabida 7 yil oʻqigan. 1916-yilda Varshava universitetiga qabul qilingan hamda Stefan Mazurkiewicz, Zygmunt Janiszewski va Wacław Sierpińskilardan matematika boʻyicha saboq olgan[1].

1924-yil Krakovda matematik Otto M. Nikodymga turmushga chiqqan. Mazurkiewicz rahbarligida 1925yilda Yagellon universitetida doktorlik darajasi berilgan. Polshada matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan birinchi ayoldir[2].

Parijda oʻqish uchun hukumatdan mablagʻ olib, eri bilan 1926-yildan ikki yil davomida Sorbonnada oʻqishgan. 1930-yilda ular Varshavaga qaytishgan. Varshava politexnika institutida ishlagan va 1936-yilgacha Franciszek Leja bilan birga ishlagan[3].

Ukasi, kimyogar va Polsha armiyasining ofitseri Antoni 1940-yilda Katin qirgʻini paytida ruslar tomonidan oʻldirilgan[4]. Germaniya fashistlarining Polshani bosib olishi ostida „keraksiz“ kasblar, jumladan, oliy taʼlim ham cheklangan. Nikodymlar jazo xavfiga qaramay, matematikadan yashirin darslar oʻtkanganlar[5]. 1944-yilgi Varshava qoʻzgʻolonida eri bilan oʻzlarining mol-mulkini, jumladan, nashr etilmagan bir nechta matematik ishlarini yoʻqotganlar. 1946-yilda matematiklar kongressida qatnashish uchun Belgiyaga koʻchib oʻtishgan va Otto Amerika Qoʻshma Shtatlarining Ohio shtati Gambier shahriga joylashishdan oldin Yevropaning turli shaharlarida maʼruzalar oʻqigan[6].

1974-yilda turmush oʻrtogʻi vafotidan soʻng, oʻz qogʻozlari va rasmlarini Austindagi Texas universiteti Brisko Amerika tarixi markaziga sovgʻa qilgan[7]. Stanisława Nikodym 1988-yilda Varshavada vafot etgan[4].

Manbalar

tahrir
  1. Ciesielska 2018, s. 115.
  2. Domoradzki & Stawiska 2018, s. 24.
  3. Ciesielska 2018, s. 116.
  4. 4,0 4,1 Ciesielska 2018.
  5. Szymanski 1990.
  6. Ciesielska 2018, s. 117.
  7. Piotrowski 2014.

Adabiyotlar

tahrir