Stanovoy tizmasi
Stanovoy tizmasi - Sharqiy Sibirdagi togʻlar. Olyokma daryosining oʻrta oqimidan boshlanadi va Uchur daryosi (Aldan havzasi)ning boshigacha choʻzilib boradi. Uz. 700 km, eni 100– 180 km, oʻrtacha bal. 1500 m, eng baland joyi 2412 m (Kasta Toko kulidan janubi-gʻarbda), Shimoliy va Janubiy tizmalardan iborat. Gumbazsimon baland qismlarida qoyali choʻqqilar uchraydi. St. Shimoliy Muz okeani va Tinch okeanga kuyiladigan daryolar oʻrtasidagi suvayirgichdir. Asosan, kristalli slanets va gneyslardan tuzilgan. 1300 m gacha balandlikda tilogʻoch va qaragʻay oʻrmonlari oʻsadi, balandrokda (1650–2700 m) yer bagʻirlab oʻsadigan kedr, qayin, zirk changalzorlari uchraydi. Baland qismlarida tog tundrasi joylashgan. Oltin, toshkoʻmir, slyuda konlari bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |