Staunton shaxmat toʻplami
Staunton shaxmat toʻplami shaxmat donalarining standart uslubi boʻlib, xalqaro shaxmat boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan FIDE tomonidan musobaqalarda foydalanish uchun tavsiya etilgan[1][2].
Nathaniel Cookening taʼkidlashicha patent boʻyicha dizayn mashhur ingliz shaxmat ustasi Howard Staunton sharafiga nomlangan. Birinchi 500 toʻplam raqamlangan holda Staunton tomonidan imzolangan edi. Toʻplam uslubi va uning oʻzgarishlari uzoq vaqtdan beri butun dunyoda qoʻllanilmoqda[3].
Eski uslubdagi shaxmat toʻplamlari
tahrirXVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida shaxmat oʻyiniga, xususan, xalqaro oʻyinlarga boʻlgan qiziqishning ortishi shaxmat donalari uchun universalroq modelga talabni yana bir bor oshirdi. XV asrda boshlangan anʼanaviy shaklning xilma-xilligi va uslublari XIX asr boshlariga kelib keng tarqala boshladi. Oʻsha davrda mashhur boʻlgan anʼanaviy turlarga ingliz Barleycorn shaxmat toʻplami, St. George shaxmat toʻplami, Fransiyaning Regens shaxmat toʻplami (Parijdagi Café de la Régence nomi bilan atalgan) va Markaziy Yevropada shakllangan baʼzi ulsublar kiradi. Oʻsha paytda ishlatilgan dizaynlarning aksariyatini farqlash qiyin boʻlgan.
Staunton shaxmat toʻplami 1849-yilda ushbu masalalarga javob sifatida chiqarilgan. Donalar ishlatish uchun qulay boʻlishi va turli millatdagi shaxmatchilar tomonidan tan olinishi uchun yaratilgan. Ushbu toʻplam birinchi marta Londondagi Hatton Garden kompaniyasining mahsuot yetkazib beruvchisi va sport anjomlari ishlab chiqaruvchisi John Jaques of London tomonidan ishlab chiqarilgan. U 1843-1851 yillarda dunyoning eng kuchli shaxmatchisi hisoblangan Howard Staunton (1810-1874) sharafiga Staunton shaxmat toʻplami deb nomlandi.
Toʻplam rivojlanishining bir nazariyasiga koʻra, Nathaniel Cooke ushbu uslubni yaratayotganda zodagonlar sinfiga tanish boʻlgan nufuzli meʼmorchilik tushunchalaridan foydalangan. Yunoniston madaniyati va qadimgi Rim madaniyatidan kuchli taʼsirlangan London meʼmorlari neoklassik uslubda nufuzli binolarni loyihalashtirganlar. Yangi shaxmat toʻplamlarining paydo boʻlishi ana shu uslubga asoslangan edi.
- Filning uch qismida oʻziga xos oraliq chiziq mavjudligi.
- Farzin toji va shoh tojining bir-biridan farqlanishi.
- Parfenondagi Elgin marmarlaridan aygʻirning boshi sifatida oʻyilgan ot.
- Xavfsizlik aurasini aks ettiruvchi klassik chiziqlarga ega rux.
- Piyodalar shakli masonlar maydoni va kompaslariga asoslangan deb qarashadi. Biroq, boshqa bir nazariya piyodalar shaklini Viktoriya meʼmorchiligidan olingan deb hisoblaydi.
Dizayn
tahrirFIDE shaxmat qonunlariga koʻra oʻzgartirilgan Staunton shaxmat toʻplami koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar uchun ishlatiladi. Bunday toʻplamda qora donalar oq donalardan donalar ustidagi kichik nuqta/boshoq bilan farqlanadi. Ushbu nuqtalar foydalanuvchiga taxta va donalar orqali pozitsiyani tushunish, uni his qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir kvadratda har bir donaning pastki qismidagi qoziqlar oʻrnatilgan teshik bor, bu foydalanuvchiga qismlarni harakatlantirmasdan yoki ularni yiqitmay turib yurish imkonini beradi[4].
Boshqa uslublar
tahrir1849-yilgi Staunton shaxmat toʻplamidan olingan 17 ta variant mavjud boʻlib, ular quyidagicha tasniflanadi:
- Leuchars shaxmat toʻplami (1849)
- Cooke shaxmat toʻplami (1849-1850)
- Wedgewood shaxmat toʻplami (1849)
- Morphy shaxmat toʻplami (1851) – „Morphy“ shaxmat toʻplami oʻzining otlari bilan ajralib turadi.
- Harrwitz shaxmat toʻplami (1852-55)
- Paulsen shaxmat toʻplami (1853-1855)
- Anderssen shaxmat toʻplami (1855-65)
- Steinitz shaxmat toʻplami (1865-70)
- Tarrasch shaxmat toʻplami (1870-1875)
- Zukertort shaxmat toʻplami (1875-80)
- Lasker shaxmat toʻplami (1880-85)
- Pre-Hartston shaxmat toʻplami (1885-1890)
- Hartston shaxmat toʻplami (1890-1900)
- Marshall shaxmat toʻplami (1900-15)
- Nimzovitch shaxmat toʻplami (1927-1937)
- Broadbent shaxmat toʻplami (1925-37)
- Lessing shaxmat toʻplami (1927-1937)
Hozirgi vaqtda Staunton toʻplamidan foydalanish
tahrirStaunton shaxmat toʻplami bugungi kunda juda mashhur va kelajakda ham shunday boʻlib qolishi mumkin. Dizayn oʻzining muvozanatli va osongina tanib olinadigan donalari tufayli juda qulay sanaladi. Hozirda turnir shaxmat donalari uchun rasmiy standart hisoblanadi.
-
Oq shoh
-
Oq farzin
-
Oq rux
-
Oq fil
-
Oq ot
-
Oq piyoda
-
Qora shoh
-
Qora farzin
-
Qora rux
-
Qora fil
-
Qora ot
-
Qora piyoda
Ot donasining oʻzgarishlari
tahrirHatto standart Staunton naqshlari toʻplamlari orasida ham qismlarning uslubi farq qiladi. Masalan otlar sezilarli darajada farq qiladi. Baʼzi misollar quyida koʻrsatilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „How the Chess Set Got Its Look and Feel“. www.smithsonianmag.com. Qaraldi: 10-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Standards of Chess Equipment and tournament venue for FIDE Tournaments“. https://handbook.fide.com. Qaraldi: 10-sentabr 2022-yil.
- ↑ Kasparov, Garry (2003). My Great Predecessors, part I. Everyman Chess.. ISBN ISBN 1-85744-330-6..
- ↑ „FIDE Laws of Chess“. FIDE. 2021-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
tahrir- Wall, Bill „Staunton chess set“. 2009-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- „Styles of sets 1700-1849“.
- „dedicated Jaques Staunton site“.