Stefan Stoyanov Grozdanov (bolgarcha: Стефан Стоянов Грозданов) (13-mart, 1946-yil) – bolgariyalik sobiq futbolchi va murabbiy. U Bdin Vidin, Hebar Pazardzhik, Septemvri Sofia, Velbazhd Kyustendil va Spartak Varna futbol klublarini murabbiy boshqargan[1].

Stefan Grozdanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Stefan Stoyanov Grozdanov
Tavallud sanasi 13-mart 1946-yil (1946-03-13) (78 yosh)
Tavallud joyi Sofiya, Bolgariya
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1966–1968 Spartak Sofia 16 (0)
1969–1976 Etar Veliko Tarnovo 166 (2)
1976–1978 Balkan Botevgrad
Boshqargan klublari
1989–1990 Bdin Vidin
1990–1991 Hebar Pazardzhik
1992 Septemvri Sofia
1995–1996 Velbazhd Kyustendil
1996–1997 Spartak Varna
1997–1998 Levski Sofia
2000–2002 Spartak Varna
2004 Spartak Varna
2004–2008 Lokomotiv Sofia
2009–2010 Pirin Blagoevgrad
2011 Montana
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Lokomotiv Sofia

tahrir

2004-yilda „Lokomotiv Sofia“ futbol klubi murabbiylar shtabini boshqargan. Futbol klubi bilan Grozdanov 2006-yildan 2007-yilgacha boʻlgan davrda Yevropa klublari musobaqalarida ketma-ket sakkizta oʻyinda magʻlub boʻlmagan holda rekord oʻrnatadi. Klubni ikki marta – 2006—2007 va 2007—2008–yillarda A PFGda uchinchi oʻringa olib chiqdi.

2008-yil oʻrtalarida „Lokomotiv Sofia“ klubini boshqaruvchiligidan isteʼfoga chiqadi [2] va bir yil davom etgan tanaffusdan keyin Pirin Blagoevgradni boshqarishga qaytadi.

Montana

tahrir

2011-yil 11-iyunda Montanaga murabbiy boʻladi. Jamoani boshqargan vaqtida klubning A PFGda 10-oʻrni barqarorlashadi. 2011-yil dekabr oyi boshida oilaviy sabablarga koʻra isteʼfoga chiqadi. Montana boshqaruvida boʻlganida uchta gʻalaba, besh durang va yetti magʻlubiyat boʻlgan[3].

Manbalar

tahrir