Steven Emil Cherundolo (talaffuzi: Stiv Cherundolo; 1979-yil 19-fevralda tugʻilgan)[2] — amerikalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, Los Angeles FCda bosh murabbiy boʻlib ishlaydi. Germaniya Bundesligasining „Hannover 96“ sardori boʻlgan va butun faoliyatini shu klubda oʻtkazgan. 2006, 2010 va 2014-yilgi FIFA Jahon Chempionatlarida AQSh sharafini himoya qilgan.

Steve Cherundolo
Cherundolo VfB Stuttgart bilan, 2018-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Steven Emil Cherundolo[1]
Tavallud sanasi 19-fevral 1979-yil (1979-02-19) (45 yosh)[1]
Tavallud joyi Rockford, Illinois, AQSh
Boʻyi 1.68 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Los Angeles FC (bosh murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2014 Hannover 96 370 (7)
Milliy terma jamoa
1997 AQSh U18 4 (0)
1998—1999 AQSh U20 25 (0)
1998 AQSh U23 1 (0)
1999—2012 AQSh 87 (2)
Boshqargan klublari
2014 Hannover 96 II (yordamchi)
2014—2015 Hannover 96 U15
2015 Hannover 96 (yordamchi)
2015—2018 Hannover 96 U17
2018 VfB Stuttgart (yordamchi)
2018 AQSh milliy futbol jamoasi (yordamchi)
2020—2021 Germaniya U15 (yordamchi)
2021 Las Vegas Lights
2022- Los Angeles FC
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati

tahrir
 
Cherundolo 2008-yilda

Cherundolo „Hannover 96“ga qoʻshildi. 1999—2000-yilgi mavsumga kelib, Cherundolo oʻng taraf himoyasiga joylashdi, tizzasidan olgan jarohati tufayli mavsum oxirigacha maydonga tusha olmadi. 2000—2001-yilgi mavsumda jamoada 18 ta oʻyinda, shu jumladan 10 tasini startdan oʻynadi. 2001—2002-yilgi mavsumda 30 ta oʻyinni startda boshladi. Cherundolo 2002—2003-yilgi mavsumda jamoa safida 33 oʻyinda maydonga tushdi va uchta golli uzatmani qayd etdi. 2003—2004-yilgi mavsumda barqaror oʻyinini davom ettirdi va klubda 33 oʻyinda maydonga tushdi. 2007-yilning yozida „Hannover“ bilan shartnomasini uzaytirdi.

Cherundolo oʻzini „Hannover“da yetakchi sifatida koʻrsatdi va 2010—2011-yilgi mavsum boshlanishidan biroz oldin jamoa sardori etib tayinlandi. 2012—2013-yilgi mavsumning oxirgi oʻyinida Bundesligadagi oʻyinlar boʻyicha jamoa rekordini oʻrnatdi[3]. 2014-yilning 19-martida Cherundolo tizzasidan olgan jarohatidan tuzalmaganligi sababli futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[4].

Xalqaro faoliyati

tahrir

Cherundoloning Bundesligadagi oʻyinlariga Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoasi befarq qolmadi. 1999-yil 8-sentabrda Yamaykaga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2006-yil 22-martda Cherundolo Germaniya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi, roʻyxatga Hannover 96 dan baʼzi jamoadoshlari kiritilgandi.

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Nafaqaga chiqqanini eʼlon qilganidan soʻng, Cherundolo „Hannover 96“ning havaskorlar jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishladi[5]. 2015-yilning 20-aprelida rasman „Hannover 96“ning asosiy jamoasi yordamchi murabbiyi etib tayinlandi[6]. 2014—2015-yilgi mavsum yakunlanganidan soʻng Cherundolo Hannoverning U17 akademiyasi jamoasi bosh murabbiyi boʻldi[7].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Cherundolo ingliz va nemis tillarini yaxshi biladi[8]. Hannover muxlislari orasida „Dolo“ nomi bilan tanilgan va „Hannover meri“ laqabini olgan[9]. Cherundolo Mandy Rosier bilan 2009-yil yangi yil arafasida turmush qurdi[10][11][12]. Futboldan nafaqaga chiqqanidan soʻng, oilasi bilan Hannover yaqinidagi Großburgwedel shahrida istiqomat qildi. 2021-yilda Cherundolo oʻyinchi sifatida Milliy futbol shon-shuhrat zaliga kiritildi.

Faoliyat statistikasi

tahrir
 
Cherundolo 2011-yilda Hannover bilan

Klubda

tahrir
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Hannover 96 1998—1999 2. Bundesliga 8 0 0 0 - - 8 0
1999—2000 12 0 1 0 - - 13 0
2000—2011 18 0 1 0 - - 19 0
2001—2012 30 1 2 0 - - 32 1
2002—2013 Bundesliga 33 0 1 0 - - 34 0
2003—2014 29 0 2 0 - - 31 0
2004—2015 32 2 3 1 - - 35 3
2005—2016 22 1 1 0 - - 23 1
2006—2017 33 2 3 0 - - 36 2
2007—2018 33 0 2 0 - - 35 0
2008—2019 17 0 1 0 - - 18 0
2009—2010 26 1 1 0 - - 27 1
2010—2011 33 0 1 0 - - 34 0
2011—2012 22 0 2 0 - 11 0 35 0
2012—2013 20 0 3 0 - 10 0 33 0
2013—2014 2 0 0 0 - - 2 0
Jami faoliyati 370 7 24 1 0 0 21 0 423 8


Xalqaro

tahrir
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar[13]
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Qoʻshma Shtatlar 1999-yil 1 0
2000-yil 0 0
2001-yil 8 0
2002-yil 1 0
2003-yil 5 0
2004-yil 6 0
2005-yil 10 0
2006-yil 7 1
2007-yil 5 1
2008-yil 8 0
2009-yil 6 0
2010-yil 8 0
2011-yil 13 0
2012-yil 9 0
Jami 87 2
Ballar va natijalar birinchi navbatda Qoʻshma Shtatlarning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Cherundoloning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
Steve Cherundolo tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2006-yil 22-mart Westfalenstadion, Dortmund, Germaniya   Germaniya 1-4 1-4 Doʻstona
2 2007-yil 17-noyabr Coca-Cola Park, Yoxannesburg, Janubiy Afrika   Janubiy Afrika 1-1 1-1 Doʻstona

Murabbiylik statistikasi

tahrir
4-noyabr, 2022-yilgi holat boʻyicha
Jamoa Boshlash Tugatish Statistika Manba
D M Gʻalaba %
Las Vegas Lights 19.01. 2021 3.01. 2022 32 6 3 23 018.8
Los Angeles FC 3.01.2022 Hozirgacha 40 25 5 10 062.5
Jami 72 31 8 33 043.1

Yutuqlari

tahrir

Oʻyinchi

tahrir

Hannover 96

  • 2. Bundesliga : 2001—2012[14]

Murabbiy

tahrir

Individual

tahrir
  • MLSda debyut yilida bosh murabbiyi sifatida eng koʻp gʻalaba qozongan inson (21 gʻalaba)

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „FIFA World Cup South Africa 2010 List of Players“. FIFA. 10-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Steven Cherundolo: Always on the sunny side“. bundesliga.de. 2012-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2011-yil.
  3. „Ever-ambitious, Cherundolo hopes to help the U.S. in Brazil“. ESPNFC (28-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2013-yil.
  4. „Cherundolo calls time on outstanding career“. bundesliga.com (19-mart 2014-yil). 14-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Steven Cherundolo calls it quits“. ESPN. Qaraldi: 19-mart 2014-yil.
  6. „Former USMNT DF Steve Cherundolo promoted to assistant manager at Hannover“. NBC Sports. Qaraldi: 20-aprel 2015-yil.
  7. „Steve Cherundolo Celebrates Half a Lifetime in Hannover“ (inglizcha). www.ussoccer.com. Qaraldi: 1-mart 2017-yil.
  8. „Hannover 96 – Spielerinterview Steven Cherundolo“. Qaraldi: 4-mart 2011-yil.
  9. „U.S. Cup players get rare visit home“. New York Post (21-may 2010-yil). 2012-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2011-yil.
  10. „Player Bio“. ussoccer.com. 2011-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2011-yil.
  11. „Festtag im Schneetreiben - Cherundolo heiratet Mandy“ (olmoncha). Hannoversche Allgemeine Zeitung (4-yanvar 2010-yil). 2016-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  12. „Ich bete nicht für ein Ergebnis beim Fußballspielen“ (olmoncha). Katholische Pfarrgemeinde St. Joseph Hanover (2010-yil avgust), s. 2. 9-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  13. Steve Cherundolo National-Football-Teams.com saytida
  14. 2.
  15. „CONCACAF Championship, Gold Cup 2005“. RSSSF.com (2007-yil 14-mart). Qaraldi: 11-yanvar 2015-yil.