Wilhelm Steinitz
(Steynits Vilgelmdan yoʻnaltirildi)
Wilhelm Steinitz (1836, 14-may Praga-1900, 12-avgust Nyu-York) – shaxmat boʻyicha 1-jahon chempioni. 1862-83-yillarda Londonda, keyin 1883-yildan AQShda yashay boshlagan. 1886-yil Sukertort bilan matchda gʻolib chiqib chempion unvonini olgan. Bu unvonni 1890-yil MM. Chigorin va I.Gunsberg bilan boʻlgan matchlarda saqlab qolgan. 1872-yil London, 1873-1882-yil Vena va 1894-1897-yilgi NyuYorkdagi xalqaro turnirlarning gʻolibi. Steinitz jahon birinchiligi uchun boʻlgan matchda E. Laskerga yutqazdi. Shaxmatda pozitsion oʻyin nazariyasini ishlab chikdi[3].
Wilhelm Steinitz | |
---|---|
Tavalludi | 14-may 1836[1] |
Vafoti | 12-avgust 1900[1] |
Fuqaroligi | AQSh, Avstriya imperiyasi[2] va Cisleithania |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |