Story Musgrave (1935-yil 19-avgustda tugʻilgan) — amerikalik shifokor va nafaqadagi NASA astronavti. U ommaviy maʼruzachi[1] va Kaliforniyadagi Disneyning Imagineering guruhi va Applied Minds kompaniyasining maslahatchisi hisoblanadi. 1996-yilda Musgrave oltita kosmik parvozda uchgan ikkinchi kosmonavt boʻldi.

Story Musgrave
Tavalludi 1935-yil 19-avgust (87 yosh) Boston, Massachusets, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Kasbi NASA astronavti
Millati amerikalik
Onasi Marguerite Swann
Kosmik karyera
Kosmosdagi vaqt
53 kun 09 soat 55 daqiqa
Tanlash 1967-yil NASA 6-guruhi
Jami EVAs
4
Jami EVA vaqti
26 soat 19 daqiqa
Missiyalar STS-6, STS-51-F, STS-33, STS-44, STS-61, STS-80

Yoshligi tahrir

Musgrave 1935-yilning 19-avgustida kichik Percy Musgrave (1903—1973) va Marguerite Warton Musgravening (née Swann; 1909–1982) oilasida tugʻilgan[2]. U Massachusets shtatining Stockbridge shahrida oʻsgan, ammo Lexingtonni (Kentucky) oʻzining ona shahri deb biladi[3].


Uning 4-chi bobosi William Gray edi. Bobosi 1810—1812-yillarda Massachusets leytenant gubernatori, Massachusets shtati vakili va senatori boʻlgan. Uning birinchi amakivachchasi, Horace Gray, 1864-yildan 1882-yilgacha Massachusets Oliy sudi sudyasi va 1882-yildan 1902-yilgacha Qoʻshma Shtatlar Oliy sudi sudyasi boʻlgan.


Musgrave 1947-yildan 1953-yilgacha Massachusets shtatining Brookline shahridagi Dekster Sautfild maktabida va Massachusets shtatining Sautboro shahridagi Sent-Mark maktabida tahsil olgan. U oʻzining yuqori kursida avtohalokatga uchragan hamda „muhim ahamiyatga ega boʻlgan bitiruv oldi imtihonlarini oʻtkazib yuborishiga majbur boʻlgan“.

Tashkilotlar tahrir

U Fuqaro aviatsiyasi tibbiyot assotsiatsiyasi, Parvoz shifokorlari uyushmasi, Xalqaro kosmonavtika akademiyasi, dengiz piyodalari aviatsiyasi assotsiatsiyasi, Milliy Aeronavtika Assotsiatsiyasi, Milliy Aerokosmik Taʼlim Kengashi, Milliy Geografiya Jamiyati, Harbiy- dengiz kuchlari ligasi, New-York Fanlar akademiyasi, Hyustondagi Samolyotlar klubi, Amerika Qoʻshma Shtatlari Parashyutlar Uyushmasi aʼzosi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Uning yetti nafar farzandi bor, ulardan biri vafot etgan[4][5]. Uning sevimli mashgʻulotlari: shaxmat, uchish, bogʻdorchilik, adabiy tanqid, sheʼriyat, mikrokompyuterlar, fotosurat, kitob oʻqish, yugurish, suvga shoʻngʻish va suvda uchish hisoblandi[3].

Manbalar tahrir

  1. „Story Musgrave“. SPEAKING.com. 2021-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-aprel 2022-yil.
  2. Lenehan, Anne E.. Story: The Way of Water, 2004. ISBN 9780975228609. 
  3. 3,0 3,1 „Story Musgrave (M.D.)“. Biographical Data. Lyndon B. Johnson Space Center (1997-yil avgust). 2022-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-aprel 2021-yil.
  4. Kirst, Sean. „Story Musgrave: Space traveler sees reopening of SU's Holden Observatory as tale of faith, passion“. syracuse.com (22-mart 2015-yil). Qaraldi: 23-iyun 2017-yil.
  5. Lenehan. „Space Story: Biography“. 2011-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2007-yil.