Suhor aeroporti
Suhor xalqaro aeroporti (IATA: OHS, ICAO: OOSH) – Ummon Sultonligining al-Botina viloyati Suhor hududida joylashgan xalqaro aeroport. Suhor Ummon qoʻltigʻidagi qirgʻoq shahar hisoblanadi.
Suhor xalqaro aeroporti مطار صحار الدولي | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: OHS – ICAO kodi: OOSH | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | harbiy / fuqarolik | ||
Egasi | Ummon | ||
Operator | Oman Airports Management Company S.A.O.C. | ||
Xizmat doirasi | Suhor, Botina, Ummon Sultonligi | ||
Dengiz sathidan balandligi | 144 ft / 44 m | ||
Koordinatalari | 24°23′10″N 56°37′32″E / 24.38611°N 56.62556°E | ||
Vebsayti | |||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
15/33 | 4 000 | 13 173 | asfalt-beton |
GCM[1] Google Maps[2] |
Aeroport qirgʻoqdan 7 kilometr (4 mi) ichkarida joylashgan. Uchish-qoʻnish yoʻlagining uzunligi 120 metr (390 ft). Fujayra VOR-DME aeroporti (Identifikator: FJR) Suhor xalqaro aeroportidan 45.5 nautical mile (84 km) shimoliy – shimoli-gʻarbiy hududda joylashgan[3].
Qurilishi
tahrirAeroport uchta paketda qurilgan. 1-paketga joyni tayyorlash, 2-paketga infratuzilma ishlari, 3-paketga aeroport inshootlari qurilishi kiradi[4]. Aeroportning qurilishiga 100 million rial sarf qilingan.
Vaqtinchalik aeroport 2014-yilning 18-noyabrida yoʻlovchi terminali qurilishi tugatilishidan oldin ochilgan. Suhor aeroporti 2014-yil noyabr oyida 44-Milliy bayramni nishonlash doirasida Transport va kommunikatsiyalar vaziri doktor Ahmad ibn Muhammad ibn Salim al-Futaysiy tomonidan ochib berilgan. Oman Air aviakompaniyasi rasmiy ochilish munosabati bilan ilk reysni amalga oshirgan. 2017-yil 9-iyulda Air Arabia aviakompaniyasi Suhor aeroportiga, shuningdek, aeroportdan boshqa davlatlarga xalqaro parvozlarni amalga oshira boshlagan[5].
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
tahrirAviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Air Arabia | Sharja[6] |
Manbalar
tahrir- ↑ Aeroport haqida Sohar Airport Great Circle Mapper'da.
- ↑ „Sohar International Airport“. Google Maps. Qaraldi: 2019-yil 30-yanvar.
- ↑ „Fujairah VOR“. Our Airports. Qaraldi: 2019-yil 30-yanvar.
- ↑ „Sohar Airport in Oman“. Qaraldi: 2018-yil 5-yanvar.
- ↑ „Sohar Airport emerges third hub for international airlines operating in Oman“. 2018-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-yanvar.
- ↑ „Air Arabia Resumes Sharjah – Suhor Service From late-Jan 2024“. AeroRoutes. Qaraldi: 2024-yil 18-yanvar.