Oʻljas Umarovich Sulaymonov (qozoqcha: Олжас Омарұлы Сүлейменов; 1936.18.5, Olmaota) – qozoq shoiri, jamoat arbobi, diplomat. Qozoq universiteti geologiya fakultetini (1959) va Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini (1961) tugatgan. Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi birinchi kotibi (1983-yildan). „Kryilmisan insonga, zamin!“ (1961) dostoni birinchi fazogir Yuriy Gagaringa bagʻishlangan. „Quyoshli tunlar“ (1962), „Qutlugʻ tongotar“ (1964), „Maymun yili“ (1967), „Sopol kitob“ (1969) sheʼriy kitoblari, „Oqdaryo ustida“ (1970), „Butun baxt“ (1975), „AziyA“ (1975) va boshqa sheʼriy, nasriy, esse kitoblari muallifi. Asarlarida qozoq xalqi hayoti, Sharq mavzusi, hozirgi yoshlar taqdiri aks etgan. Sheʼrlari falsafiyligi, ritmik izlanishlarga boyligi va sheʼriy birikmalarning murakkabligi bilan ajralib turadi. Oʻzbekistonga bir necha marta kelgan, oʻzbek shoirlari bilan ijodiy aloqada. Ayrim asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • Argʻumoqlar, Toshkent, 1976-yil.
  • Aylanayin, Toshkent, 1988-yil.
  • Aziya, Almaata, 1990-yil.