Sulgi Lutfullin (1923-yil 5-yanvar, Jarkent yoki Oʻzgan1990-yil 16-dekabr yoki 1991-yil, Andijon shahri) — Sovet Ittifoqi qahramoni (1945), 2-jahon urushi ishtirokchisi, kichik leytenant.

Sulgi Lutfullin
Tavalludi 5-yanvar 1923-yil
Jarkent yoki Oʻzgan
Vafoti 16-dekabr 1990-yil(1990-12-16)
(67 yoshda) yoki 1991-yil (68 yoshda)
Andijon
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston SSR
Qoʻshin turlari Artilleriya
Xizmatdagi yillari 19421946
Unvoni kichik leytenant
Jang/urush 2-jahon urushi
Mukofotlari

1-darajali Vatan urushi ordeni 1-darajali Vatan urushi ordeni

Tarjimayi holi tahrir

 
Sulgi Lutfullin (SSSR Mudofaa vazirligi plakati)
 
Sulgi Lutfulin (Andijon viloyati Xotira maydoni)

Sulgi Lutfullin 1923-yil 5-yanvarda Almati viloyati Jarkent shahri[1] (baʼzi manbalarda Oʻsh viloyati Oʻzgan shahri)[2][3] ishchi oilasida tavallud topgan. Millati oʻzbek[3][4] (ayrim manbalarda uygʻur)[2][5]. Oʻrta maktabni tugatgandan keyin Oʻzgan shahrida yashay boshlagan va xalq sudida sud ijrochisi boʻlib ishlagan[6]. 1942-yil mart oyida Andijon harbiy komissariat tomonidan harbiy xizmatga safarbar etilgan[7]. Shu yilning aprel oyidan 2-jahon urushida ishtirok eta boshlaydi. 1944-yil avgust oyidan katta serjant Lutfullin 1-Ukraina fronti 13-armiyasining 493-tankka qarshi qiruvchi artilleriya polki komandiri[7][8]. Polshani ozod etishda jasorat koʻrsatgan[1][6]. 1944-yil 18-avgustda Sandomir platsdarmidagi[7] jangda Lutfullin polki nemislarning 12 ta tanki va piyoda qoʻshinlari qurshovida qoladi[3], ammo polk nemislarga qarshi jang olib borib, ularning 8 ta qarshi hujumini qaytaradi hamda 5 ta tankni yoʻq qilishgan. 1945-yil 29-yanvar polk Tarksdor aholi punkti (hozirgi Tarchalice qishlogʻi) yonidan oqib oʻtuvchi Oder daryosidan kechib oʻtib, daryoning g‘arbiy sohilidagi platsdarmni egallash hamda saqlash uchun bo‘lgan jangda faol ishtirok etishadi. 1945-yil 30-yanvardagi jangda Lutfullin boshchiligidagi polk 7 ta tank va 1 ta bronetransportyorni yoʻq qilishadi[9][7].

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945-yil 10-apreldagi farmoni bilan katta serjant Lutfullinga Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni[10][11][12] berilib, „Oltin yulduz“ medali va Lenin ordeni bilan taqdirlanadi[13][6]. 1945-yilda Lurfullin kichik leytenantlar kursini tamomlaydi. 1946-yilda zaxiraga olinib, harbiy xizmatdan ozod qilinadi[1]. Shundan keyin Lutfullin Andijon shahrida yashay boshlaydi. 1964-yilda savdo institutini tugatib, savdo sohasida[1], shuningdek, Toʻqimachilik savdo (ruscha: Текстильторг) bazasida ombor mudiri boʻlib ishlagan[2].

Lutfullin 1990-yil 16-dekabr kuni Andijon shahrida[12] vafot etgan (ayrim manbalarda vafot etgan sanasi 1991-yil deb berilgan)[2].

Mukofotlari tahrir

Xotira tahrir

Andijon shahridagi Xotira maydonida Lutfullinga atab yodgorlik oʻrnatilgan[16].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Gulmira Bayzakova. „Geroi Velikoy Otechestvennoy voyni: Sulgi Lutfullin“ (rus tilida) (2015-yil 10-may). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 L.E. Sheynman. „Lutfullin Sulgi“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 S. Cherikov. „Geroy Velikoy Otechestvennoy Voyni kirgizstanes Lutfullin Sulgi“ (rus tilida) (2018-yil 23-dekabr). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  4. „Eto bila velikaya pobeda“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  5. „U podviga net natsionalnosti“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  6. 6,0 6,1 6,2 „«Spasibo za pobedu!». Geroy Sovetskogo Soyuza Sulgi Lutfullin“ (rus tilida) (2014-yil 8-may). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 „Lutfullin Sulgi“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  8. „Istrebitelno-protivotankovaya artilleriya v VOV“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  9. „Mukofot varaqasi“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  10. Faxriddin Ubaydullayev. „Na frontax Vtoroy mirovoy voyni pogiblo bolee 43 tisyach andijansev“ (rus tilida) (2023-yil 9-may). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  11. „Geroi Sovetskogo Soyuza iz Uzbekistana, srajavshiyesya v VOV“ (rus tilida) (2018-yil 1-may). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  12. 12,0 12,1 „Uzbekskiy Nekropol Geroyev“ (rus tilida) (0412.2015). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  13. „SSSR Oliy Soveti Prezdiumi farmoni“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  14. „Lutfullin Sulgi“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  15. „Mukofot varaqasi“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  16. „Korotko o geroyax Velikoy Otechestvennoy voyni“ (rus tilida). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.