Ahmadiya masjidi
(Sulton Ahmad masjididan yoʻnaltirildi)
Ahmadiya masjidi – Istanbulda qurilgan mahobatli me’moriy obidalarning eng kattasi (1609– 14). Me’mor Mehmed Ogʻa (1540– 1620) qurgan. Ahmadiya masjidi katta qubbali oldi tomoni baland mi-norali bino. Minoralar atrofida esa kichik peshayvonlar bor. Masjid ichidagi devorlar, yashil, oq va havo rangdagi koshinlar bilan bezalgan boʻlib, gila-mii eslatadi. Derazalardan tushgan nur rangdor bezaklarda jilolanib, kishi diliga orom bagʻishlaydi. Minoraning qubbalari koʻkka tutashib ketganday tuyu-ladi. Ahmadiya masjidi turk me’morchiligi tarixida alohida oʻrin egallaydi.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |