Sulton Joʻra (taxallusi; asl ism-sharifi Joʻrayev Sulton) (1910.15.1, Shofirkon tumani — 1943.10.11, Gomel sh.) — shoir. Buxorodagi erlar bilim yurtida oʻkigan, soʻng maktab va bilim yurtida oʻqituvchilik qilgan (193036). 193639-yillarda Andijon pedagogika institutida oʻqigan va shu yerda dars bergan; Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi; urushda halok boʻlgan. S.J.ning "Fidokor" (1939), "Shodligim", "Ochiq chexralar" (1939), "Moskva" (1941) sheʼriy toʻplamlari eʼlon qilingan. 1939-yil shoir ijodining eng samarali pallasi boʻlib, u shu yili "Parvoznoma" balladasi, xalq rivoyatlari asosida"Zangori gilam", "Qaldirgʻoch", shuningdek, "Karim va Qunduz" dostonlarini yozgan. Shoirning mashhur italyan astronomiga bagʻishlangan "Bruno" dostoni (1938) 30-yillarda yaratilgan oʻzbek dostonlarining eng yaxshi namunalaridan hisoblanadi. Badiiy soddalik, samimiylik, xalq ogʻzaki ijodiga yaqinlik S.J. sheʼriyatining eng yaxshi xususiyatlaridir. S.J.ning adabiy merosida bolalar hayotidan olingan asarlar alohida oʻrinni egallaydi. Uning soʻnggi asari — "Iroda" dramasi (1942, Vosit Saʼdulla bilan hamkorlikda) Andijon viloyat teatrida sahnalashtirilgan.

Shoirning jasadi Gomel sh. Loyev tumani Kozerogi qishlogʻida dafn etilgan. Andijon, Buxoro va Shofirkon shaharlaridagi koʻchalarga, shuningdek, Shofirkon tumanidagi maktab, kinoteatr va fuqarolar yigʻiniga S.J. nomi berilgan. j

Manbalar tahrir

  • Yomgʻirdan soʻng, T., 1965; Sheʼrlar, T., 1 1973.

Adabiyot tahrir

  • Moʻminov Gʻ., Otashqalb shoir, T., 1970; Aliyev S, Buxoroda bitilgan baytlar, T., 1992.