Sulton Mahmud Mirzo
Sulton Mahmud Mirzo (1453, Samarqand — 1495) — Samarqand va Buxoro hukmdori (1494—1495). Temuriylardan.
Sulton Mahmud Mirzo | |
---|---|
Temuriylar imperiyasi sultoni | |
Saltanat | 1494-yil iyun — 1495-yil yanvar |
Oʻtmishdoshi | Sulton Ahmad Mirzo |
Davomchisi | Boysungʻur Mirzo |
Tugʻilishi |
1453-yil |
Vafoti |
1495-yil, yanvar |
Turmush oʻrtogʻi | Sulton Nigor xonim, Poshshobegim, Zuhrobegi Ogʻo |
Uy | Temuriylar |
Otasi | Abu Said |
Onasi | Oʻrdu Bugʻo Tarxonning qizi |
Dini | Islom |
Abu Said mirzoning 3oʻgʻli. Otasi davrida Astrobod viloyati hokimi. Abu Said Mirzo vafoti (1469) dan soʻng Termiz, Chagʻoniyon, Hisor, Xuttalon, Qunduz, Badaxshon va Hindukush togʻlarigacha boʻlgan yerlar uning tasarrufiga oʻtgan. Akasi Sulton Ahmad Mirzoning vafoti (1494)dan soʻng esa, Samarqand taxtiga oʻtirgan. U zulmni haddan oshirgani uchun mamlakatning katta kichik aslzodalari, sipohiylar va oddiy xalq har tarafga tarkalib qocha boshlagan. Sulton Mahmud Mirzo taxtga daʼvogar boʻlib kelgan amakivachchasi Malik Muhammad Mirzo va u bilan birga kelgan mirzolarni qatl ettirgan. Sulton Mahmud Mirzo oʻz hukmronligi davrida 2-marta Husayn Boyqaro bilan jang qilib, ikkalasida ham magʻlub boʻlgan. Boburning Sulton Nigor xonim ismli xolasi uning toʻrtinchi xotini.
Sulton Mahmud Mirzo 1495-yil yanvar oyida ogʻir kasallikdan vafot etgan.
Adabiyotlar
tahrirFayziyev T., Temuriylar shajarasi. T., 1995; M uhammadjonov A., Temur va temuriylar saltanati, T., 1994.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |