Sultonali Rahmatovsozanda, kompozitor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2010), Nyu-York qirollik akademiyasi kompozitori (2006), O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzosi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshidagi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli badiiy rahbari. 1970-yil 13-yanvar O‘zbekiston SSR Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Sultonali Rahmatov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 13-yanvar, 1970-yil.
Fuqaroligi O‘zbekiston SSRO‘zbekiston.
Kasbi Sozanda, kompozitor.
Janr Mumtoz, jaz. rok-n-rol.
Veb-sayt https://www.youtube.com/@SultonAliRahmatovOfficial

Hayot yo‘li tahrir

Sultonali Rahmatov Toshkentda tug‘ilgan. Otasi Ahmadjon Rahmatov va onasi Oliya Omonova ko‘p yillar oldin dunyodan o‘tishgan. Bolaligidan musiqaga qiziqqan va "Respublika harbiy o‘g‘il bolalar internat san‘at maktabi"ni bitirgan. Bolaligidan mashhur kompozitor Pol Maria, "Enigma" guruhi musiqalarini yaxshi ko‘rib eshitgan va ulardan ta‘sirlangan. 1987-yil Toshkent konservatoriyasi (hozirgi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi)ga o‘qishga kiradi. Uni ommaga tanitgan "O‘zbekiston" musiqasi 1994–2005-yillar O‘zbekiston telekanalining "Assalom O‘zbekiston" axborot-musiqiy dasturining boshlanish musiqasi sifatida hamda O‘zbekistondagi ko‘plab bayram tantanalarida foydalanilgan.

1998-yilning yanvar oyida Teatr va rassomchilik (hozirgi O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat) institutida xonanda Nilufar Saidova bilan uchrashadi. U bilan ijodiy faoliyat davomida turmush qurishadi, lekin maʼlum vaqt o‘tganidan keyin ajrashishadi. Ular turmushlari mobaynida Farina va Safina ismli ikki qiz farzand ko‘rgan.[1]

2010-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan. Sultonali Rahmatov oilali. 8 ta farzandi, ikki nevarasi bor.[2]

Ijodi tahrir

Sultonali Rahmatovning ilk yakkaxon kontserti 2006-yil Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan va unga 70 000$ mablag‘ ketgan[3]. 2007-yilda Samarqanddagi Registon maydonida kontsert qo‘ygan.

Manba tahrir

  1. „“Unga qo‘l ko‘targanimdan afsusdaman”. Taniqli kompozitor Sultonali Rahmatov xonanda Nilufar Saidova bilan ajrashishi sababi haqida (video)“ (28-dekabr, 2021-yil.). Qaraldi: 14-yanvar, 2024-yil..
  2. „Sulton Ali Rahmatov: Maqsadim - dunyo bo‘ylab professional kontsertlar berish“ (11-noyabr, 2013-yil.). Qaraldi: 14-yanvar, 2024-yil..
  3. „“Dunyoni zabt eta olaman, bu qo‘limdan keladi”. Sultonali Rahmatov chet eldan ijodiy hamkorlar izlayotgani hamda 300 ming dollarga sotgan albomi haqida (video)“ (27-oktyabr 2022-yil). Qaraldi: 26-fevral 2024-yil.