Sultonmurod Olimov
Sultonmurod Olimov — (1954, Buxoro viloyati, Vobkent tumani) adabiyotshunos, navoiyshunos, Filologiya fanlari nomzodi (1985).
Sultonmurod Olimov | |
---|---|
Tavalludi |
1954-yil Buxoro viloyati Vobkent tumani |
Yoʻnalish | Adabiyotshunoslik |
Mukofotlari | „Mehnat shuhrati“ ordeni (2001), Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti (1994) |
Faoliyati
tahrirToshkent Davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tugatgan (1976). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida 1976—1994-yillar davomida laborant lavozimida, 1994—1997-yillarda esa katta laborant, kichik va katta ilmiy xodim, keyinchalik doktorant lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. Tashqi ishlar vazirligida „Spich rayter“ guruhi rahbari, boʻlim mudiri oʻrinbosari, tahririyat mudiri boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida esa 1997—2000-yillarda konsultant, yetakchi konsultant, bosh konsultant boʻlib ishlagan. 2000-yilda Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari oʻrinbosari etib tayinlangan.
Asarlari
tahrir„Navoiyning sheʼrshunos shogirdi“ (1990), „Navoiy asarlari tarjimalari“ (1991), „Ishq, oshiq va maʼshuq“ (1992), „Xoja Bahouddin haqiqati“ (1994), „Bayroq, burj va burch“ (1995), „Naqshband va Navoiy“ (1996), „Luqmayi halol“ (1997), „Milliy mafkura — xalq tayanadigan kuch“ (2000), „Demokratiya — fuqarolik jamiyati“ (2002), „Madhiya“ (2004), „Istiqlol — baxtim-saodatim“ (2007) va boshqa kitoblar, majmua va metodik qoʻllanmalar muallifi.
Mukofotlari
tahrir„Mehnat shuhrati“ ordeni (2001), Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti (1994) sohibi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 425-bet.