Summer Bishil

amerikalik aktrisa

Summer Yasmine Bishil[1] (talaffuzi: Samme Yasmin Beshil; 1988-yil 17-iyulda tugʻilgan[2]) — amerikalik aktrisa. Bishil birinchi marta 2007-yildaTowelhead“ filmida Jasira obrazini gavdalantirgan davrida mashhurlikka erishadi va buning uchun u "Eng yaxshi bosh roldagi ayol" nominatsiyasida Independent Spirit mukofotiga nomzod boʻladi. Keyingi bir necha yil ichida u ABC kanalining qisqa muddatli Lucky 7 (2013) serialida rol ijro etadi. Ushbu filmdan oldin aktrisa "The Last Airbender" (2010) va 90210 (2011) kabi filmlar va teleseriallarda kichik rollarni oʻynagan. U 2015-yildan 2020-yilgacha suratga tushgan The Magician serialida hamda Syfy fantastik dramasigi Margo Hanson roli orqali kino ixlosmandlari qarshisida tanilishni boshlagan.

Summer Bishil
Fayl:Summer Bishil.jpg
Tavalludi
Summer Yasmine Bishil

17-iyul 1988-yil (1988-07-17) (35 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2005-hozirgacha

Yoshligi tahrir

Bishil Californiyaning Pasadena shahrida[3] oiladagi uch farzandning kenjasi sifatida dunyoga kelgan. Uning onasi meksikalik, otasi esa hindistonlik[4][5]. 1991-yilda, Bishil uch yoshga toʻlganida, oila Saudiya Arabistoniga, keyin Bahraynga koʻchib oʻtadi[6][7]. Bishil akasi bilan Britaniya va Amerika maktablarida tahsil olgan.

2001-yil 11-sentabrdagi teraktlar uning oilasini AQShga qaytishga qaytishga undaydi[5]. Ular San Diegodagi mormonlar jamoasiga koʻchib oʻtishadi. U yerda Bishil bir hafta davomida oddiy davlat oʻrta maktabida oʻqiydi[5][8]. AQSHda 11-sentabrdan keyingi taranglik tufayli uning sinfdoshlari uni yaxshi kutib olishmaydi[5]. U qaytish oson boʻlmaganini taʼkidlab: „Men u yerni yomon koʻrardim. Maktabning birinchi kunidayoq meni fohisha deb haroqat qilishgandi. Ular meni otamni terrorizmni moliyalashtiradi, deb oʻylashardi. Men u yerda hech kim mening doʻstim boʻlishini xohlamasligini bilardim. Bu yerdagi birinchi yilimda juda katta vahimada hayot kechirganman.“, deya qaygʻu bilan intervyu beradi, aktrisa[8]. Keyinchalik oila California shtatining Arcadiya shahriga koʻchib oʻtadi. U yerda onasi uni uyda mustaqil oʻqitadi[5][8]. U Kaliforniyaning Glendora shahridagi Citrus kollejida saboq oladi[9].

Faoliyati tahrir

Bishil 14 yoshida aktyorlik saboqlarini ola boshlagan. Bir yil ichida u menejer va agentlik bilan shartnoma imzolaydi. Bishilning birinchi roli qisqa muddatli Nickelodeonda uzatilgan televizion koʻrsatuv Just for Kicksda boʻlgan. Soʻngra, yosh aktrisa bir nechta boshqa bolalar uchun moʻljallangan shoularda paydo boʻla boshlagan.

Aktrisa 2009-yilda Harrison Ford, Ray Liotta va Ashley Juddlar qatnashgan hamda Wayne Kramer rejissorlik qilgan „Crossing Over“ filmida suratga tushadi. Associated Press agentligi muharriri Jey Rainer ushbu kartinani ijobiy taʼriflagan[10]. Bishil M. Night Shyamalanning 2010-yilgi "The Last Airbender" filmida Azula rolini oʻynash uchun tanlangan[11].

2013-yilda Bishil qisqa muddatli ABC telekanida efir yuzini koʻrgan dramatik teleserial „Lucky 7“da bosh rollaridan biri Samira obrazini gavdalantiradi[12][13]. 2014-yil oxirida Bishil besh fasldan soʻng nihoyasiga yetgan Syfy drama serialida Margo Hanson rolini ijro etadi.

Filmografiyasi tahrir

Filmlarda
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2007 Towelhead Jasira Maroun
2009 Crossing Over Taslima Jahangir
2010 Mooz-lum Iman
2010 Public Relations Sara
2010 The Last Airbender Azula
2013 Pop Star Priscilla
2018 Under the Silver Lake The Girlfriend
Televizion rollari
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2005 Days of Our Lives Stacey Epizod #1.10164
2006 Just for Kicks Stacey Epizod : „Premiere Episode: Part 2“
2006 Drake & Josh Tabitha Epizod : „Josh Runs Into Oprah“
2006 Hannah Montana Rachel Epizod : „Good Golly, Miss Dolly“
2006 Return to Halloweentown Aneesa Televizion film
2009 Three Rivers Karen Rollins Epizod : „Good Intentions“
2010 Whole Truth, TheThe Whole Truth Michelle Penner Epizod : „Young Love“
2011 90210 Leila Shirazi 4ta epizod
2013 Lucky 7 Samira Bosh rol; 8ta epizod
2013 Blast Vegas Serena Televizion film
2014 Law & Order: Special Victims Unit Heba Salim Epizod: „Criminal Stories“
2015 iZombie Eliza Marquette Epizod: „Flight of the Living Dead“
2015-2020 The Magicians Margo Bosh rol; 65ta epizod

Mukofotlar va nominatsiyalar tahrir

Yil Mukofot Kategoriya Nomzod film Natija Manba (lar)
2008 Young Hollywood Awards One to Watch Towelhead Gʻolib
2008 Independent Spirit Awards Best Female Lead Towelhead Nominatsiya [14][15]

Manbalar tahrir

  1. „Summer Bishil“. TV Guide. Qaraldi: 23-fevral 2017-yil. „Summer Bishil“. TV Guide. Retrieved February 23, 2017.
  2. „Summer Bishil“. Hollywood.com. Qaraldi: 23-fevral 2017-yil.
  3. „Summer Bishil“. TV Guide. Qaraldi: 23-fevral 2017-yil.
  4. O'Sullivan, Michael. „Summer Bishil Aims to Play Against Type“. The Washington Post (13-mart 2009-yil). Qaraldi: 1-iyun 2016-yil.OʻSullivan, Michael (March 13, 2009). „Summer Bishil Aims to Play Against Type“. The Washington Post. Retrieved June 1, 2016.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 „Summer Bishil - Biography“. Yahoo! Movies Canada. 7-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Summer Bishil - Biography“. Yahoo! Movies Canada. 2015-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyul. . Yahoo! Movies Canada. Archived from the original (Wayback Machine saytida 7-yanvar 2015-yil sanasida arxivlangan) on January 7, 2015.
  7. Abramowitz, Rachel. „In suburbia, a world of woes“. Los Angeles Times (3-sentabr 2008-yil). Qaraldi: 6-mart 2022-yil.Abramowitz, Rachel (September 3, 2008). „In suburbia, a world of woes“. Los Angeles Times. Retrieved March 6, 2022.
  8. 8,0 8,1 8,2 Abramowitz, Rachel. „In suburbia, a world of woes“. Los Angeles Times (3-sentabr 2008-yil). Qaraldi: 6-mart 2022-yil.
  9. O'Sullivan, Michael. „Summer Bishil Aims to Play Against Type“. The Washington Post (13-mart 2009-yil). Qaraldi: 1-iyun 2016-yil.
  10. Reiner, Jay. „'Crossing Over'“. The Hollywood Reporter. Associated Press (17-fevral 2009-yil). Qaraldi: 6-mart 2022-yil. „Summer Bishil, star of Alan Ball's "Towelhead," is affecting as a Muslim girl whose rash actions tear her family apart.“.
  11. Warmoth, Brian. „'Last Airbender 2' Will Be 'Darker,' M. Night Shyamalan Says“. MTV News (6-iyul 2010-yil). Qaraldi: 1-iyun 2016-yil. „His description of the story implies that Summer Bishil's character from the film currently in theaters has plenty left to do onscreen as Aang (Noah Ringer) continues his fight against the Fire Nation.“.
  12. Andreeva, Nellie. „ABC Pilot 'Lucky 7' Casts Four Co-Leads, Fox's 'Enisted' Enlists Two Co-Leads“. Deadline Hollywood (1-mart 2013-yil). Qaraldi: 1-iyun 2016-yil.
  13. Andreeva, Nellie. „UPDATE: ABC Picks Up 'Once Upon A Time' Spinoff, 'Mixology', 'The Returned', 'Killer Women', 'Lucky 7', 'Betrayal', 'Trophy Wife', Cullen Bros, 'Influence', 'The Goldbergs', 'Super Fun Night', 'S.H.I.E.L.D.' To Series“. Deadline Hollywood (10-may 2013-yil). Qaraldi: 1-iyun 2016-yil.
  14. O'Hehir. „Oscar season's bewildering kickoff“. Salon (4-dekabr 2008-yil). — „This year's prize went to Melissa Leo for "Frozen River." She was also nominated in the Spirits' female lead category, along with Summer Bishil for "Towelhead," Anne Hathaway for "Rachel Getting Married," Tarra Riggs for "Ballast" and Michelle Williams for "Wendy and Lucy."“. Qaraldi: 1-iyun 2016-yil.
  15. „Indie Spirit Awards actor/actress nominees“. 30–dekabr 2008–yil. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: date format ()

Havolalar tahrir