Surxon (ruscha: Сурхан) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda Surxon qishlogʻiga shaharcha maqomi berilgan[2].

Surxon
ruscha: Сурхан
Shaharcha
39°17′56″N 65°42′14″E / 39.29889°N 65.70389°E / 39.29889; 65.70389
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Koson tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 180817[1]
Surxon ruscha: Сурхан xaritada
Surxon ruscha: Сурхан
Surxon
ruscha: Сурхан

Etimologiyasi

tahrir

Surxon shaharchasi choʻlda yangi oʻzlashtirilgan hududida tashkil topgan qoʻrgʻon boʻlib, XX asrning 80-yillaridan boshlab Surxon deb atala boshlangan. Buning asosiy sababi shundaki, mazkur hududga Surxondaryo viloyatining Sherobod, Qiziriq, Jarqoʻrgʻon va Muzrabot tumanlaridan paxtakor, dehqon va fermerlar koʻchib kelib yashay boshlashgan. Lekin aslida bu aholi qashqadaryoliklardan boʻlib, oʻz vaqtida Surxondaryo hududlarini oʻzlashtirish maqsadida Koson, Gʻuzor va Yakkabogʻ tumanlaridan qoʻshni viloyatga XX asrning 50-yillarida koʻchib oʻtishgan.

Surxon shaharchasi Surxon daryosi boʻyida joy olgan. Bu yerga odamlar xoʻjalik va qishloqlardan koʻchib kela boshlagan va hudud kengayib yangidan oʻzlashtirilgan.

„Surxon“ soʻzi aslida surx va ob soʻzlarining birikishidan hosil boʻlgan boʻlsa ham, keyinchalik talaffuzi oʻzgarib ketgan. Surx va ob soʻzlari suvi tarkibida qizil tuproq boʻlganligini anglatadi. Shu tufayli ham, aholi yangi oʻzlashtirilgan hududni Surxob deb atashgan, yaʼni qizil suvli daryo maʼnosida[3].

Iqlimi

tahrir

Surxon shaharchasining iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati 35-40° ni, yanvarniki esa 0 dan 1° gachani tashkil etadi. Shaharchada vegetatsiya davri 210—240 kunga teng.

Yogʻin miqdori

tahrir

Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 190-200 mm ni tashkil etib, yogʻinning asosiy qismi asosan, bahor va qish oylarida tushadi. Orografik toʻsiqlar yoʻqligi sababli ham sovuq havo oqimlari, asosan, qish oylarida shimoli-sharq tomondan kirib kela oladi.

Sanoati

tahrir

Shaharcha sanoatining asosiy qismini fermer xoʻjaliklari taʼminlaydi. Ularda asosan gʻalla va paxta oʻsimliklari yetishtiriladi. 2020-yilda fermer xoʻjaligi tumanda eng koʻp gʻalla yetishtirgan (41 tonna). 2019-yilda esa Koson tumani shaharcha hisobiga eng birinchi gʻalla hosilini topshirgan edi[4].

Manbalar

tahrir