Susi
Susi — yoʻlyoʻl gulli yupqa mato; arqoq bilan tanda iplar orasi ochiqroq qilib olachalan yupqa va siyrak toʻqiladi. Oqorlangan S.ning ochiq joylari yopilib ketguniga qadar kudunglanib (toʻqmoq bilan urib) ishlov berilgan. Sdan asosan ayollar va bolalar uchun koʻylak, yaxtak, chopon va boshqa kiyimlar tayyorlangan. S. 20-asr 40y.larigacha (asosan Urgutda) ishlab chiqarilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |