Suv parisi (dengiz muzasi, ruscha: faraonka, dengiz sirenasi) — Yevropa xalqlarining afsona va miflarida uchraydigan afsonaviy jonzot[1][2]. Afsonalarga koʻra, suv parilari dengizda yashaydi. Yuqori tana qismi odamniki, oyoqlari oʻrnida esa baliq dumi boʻladi. Qarama-qarshi jins vakili — dengiz erkagi (inglizcha: merman) deb ataladi. Sharqiy slavyan mifologiyasiga koʻra, suv parisi dengiz qirolining qizi hisoblanadi. Suv parilari butun dunyo boʻylab koʻplab madaniyatlarning, jumladan Yevropa, Osiyo va Afrika folklorida uchraydi. Suv parisi obrazi qo‘miq va qarachoy-bolqarlar mifologiyasida ham mavjud. Ular  ham  bu afsonaviy  ruhlarni  ― „suv  anasi“ deb ataydilar. Qo‘miqlarning  suv anasi haqidagi mifik qarashlari tatar folklori talqinlariga o‘xshab ketadi. Suv  parisi, su  anasi, su  iyase, suv anasi obrazlarining  tarixiy  asoslari mushtarak bo‘lib,  ularning  mifologik  talqinlari  va  epik tasvirlarida  umumiylik mavjud[3].

Suv parisi
John William Waterhouse, A Mermaid (1900).
Turi Suv ruhlari
Joylashuvi Dengiz
Boshqa tillardagi ism mermaid, rusalka, sirena
Jins ayol
Bogʻliq personajlar Sirena

Suv parilarining goʻzal, jozibali qoʻshiqchilar kabi gʻarb tushunchasi yunon mifologiyasining sirenalari tomonidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin, ular dastlab yarim qushga oʻxshash boʻlgan, ammo nasroniylik davrida yarim baliq kabi tasvirlangan. Suv parilari haqidagi tarixiy maʼlumotlarda, Christopher Columbus Karib dengizini tadqiq qilish paytida lamantina yoki shunga oʻxshash suv sutemizuvchilarni koʻrgan boʻlishi mumkin. Suv parilarining folklordan tashqarida mavjudligi haqida hech qanday dalil yoʻq boʻlsa-da, ularni uchratish haqidagi xabarlar bugungi kungacha davom etmoqda.

Suv parilari soʻnggi asrlarda sanʼat va adabiyotning mashhur mavzusiga aylandi, Hans Christian Andersenning „The little Mermaid“ (1836) adabiy ertagi yoki Aleksandr Pushkinning „Suv Parisi“ asari bunga misol boʻla oladi. Keyinchalik suv parilari operalar, rasmlar, kitoblar, komikslar, animatsiya va jonli filmlarda tasvirlangan.

Etimologiyalari

tahrir
 
The Fisherman and the Syren (tarjimasi „Baliqchi va sirena“) Frederic Leightonning sanʼat asari, 1856-1858.

Ingliz tilidagi „mermaid“ qo‘shma so‘z boʻlib, „mere“ (dengiz) va „maid“ (pari) so‘zlaridan yasaladi[4][5].

Kelib chiqishi

tahrir

Qadimgi yunon mifologiyasida uchraydigan sirenalar oʻrta asrlarda suv parilari tushunchasi bilan birlashtirilgan. Yevropaning baʼzi baʼzi roman tillarida hali ham sirena soʻzi suv parisi uchun qoʻllanadi (fransuzcha sirène va ispancha sirena).

Baʼzi sharhlovchilar suv parisining kelib chiqishini § Qadimgi Yaqin Sharq mifologiyasiga oʻtkazishga harakat qilishgan.

Sirenalar

tahrir

Ilk yunon davrida sirenalar odam boshli qushlar sifatida tasavvur qilingan[6], ammo klassik davrga kelib, yunonlar sirenani sanʼatning bir qismi baliq sifatida tasvirlagan[7].

Oʻrta asr sirenalari suv parisi sifatida

tahrir
Fiziologus va bestiariyalarda sirenalar
Sirena va onokentavr.
Bern Physiologus. Berner Burgerbibliothek, Cod. 281, fol. 13v
Sirena Ikkinchi Oila bestiariyasida
―British Library MS Add. 11283, fol. 20v.
Dengizda suzayotgan sirenalar.
―Bestiariya (Bodl. 764), fol. 74v
© Bodleian kutubxonalari, Oksford universiteti

Sirenaning yarm-baliq koʻrinishi Oʻrta asrlarda tobora ommalashib ketdi. Klassik sirenalarning oʻziga xos xususiyatlari, Homer aytganidek, ular oʻzlarining goʻzal qoʻshigʻini joziba sifatida ishlatish xususiyati ayniqsa suv parilariga oʻtgan.

O'rta asr sirenasining qushdan baliqqa o'zgarishini ba'zilar tevtonik afsonaning ta'siri deb hisoblashgan.

Matnlarda

tahrir

Sirenani baliq dumli deb tavsiflovchi eng qadimgi matn Liber Monstrorum de diversis generibus (7-asr - 8-asr o'rtalari) da uchraydi, unda sirenalarni - "dengiz qizlari" (marianepullae deb ta'riflangan) go'zal shaklda ammo faqat boshi va tepa tanasi ko`ringan holda shirali qo'shig'i bilan dengizchilarni o'ziga jalb qiladi, dengiz bo'ylab harakat qila olishlari uchun ularning tangali baliq dumi bor - deya tasvirlangan[8].

Sirêne sínt méremanniu (tarjimasi:"Sirenalar suv parilari") - qadimgi nemis fiziologusida (11-asr) aniq ifodalangan.

O'rta ingliz bestiariyalari (13-asr o'rtalari) sirenani mereman deya tushuntiradi va bu aniq "suv parisi" degan ma'noni anglatadi[9]. Ularning tanasi va ko'kragi juvonnikiga o'xshab, kindik pastidan baliq bo'lib, dumi ichidan qanotlari o'sib chiqqan[10].

Shuningdek, Qadimgi fransuz sheʼriy dostonlari (masalan Filipp de Thaun versiyasi, 1121-1139-yilda yozilgan) sirenaning bir qismi qush yoki baliq bo'lishi mumkinligini ta'kidlagan.

Manbalar

tahrir
  1. „Mermaid“. Dictionaries. Oxford. 2018-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-aprel.
  2. mermaid; Murray, James A. H. ed. (1908) A New Eng. Dict. VI, s.v."mermaid"
  3. Tatarы Srednego Povoljya i Priuralya. 1957. –S.360 (Tatarcha). –M., Nauka. 
  4. „Mermaid“. Dictionaries. Oxford. 2018-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-aprel.
  5. ; Murray, James A. H. ed. (1908) A New Eng. Dict. VI, s.v."mermaid"
  6. Apollonius Rhodius, Argonautica IV, 891-919. Seaton, R. C. ed., tr. (2012), p. 354ff. „and at that time they were fashioned in part like birds and in part like maidens to behold“.
  7. Milliken (2014), citing Benwell & Waugh (1965); Waugh (1960)
  8. Pakis (2010), note 42, though the remark is shorthanded, stating that the "same word" as the Old High German term is used.
  9. Murray, James A. H. ed. (1908) A New Eng. Dict. VI, s.v."mermin"
  10. Armistead tr. (2001) vv, 391–462, pp. 85–86