Suyak oʻymakorligi - oʻymakorlik turi; suyakni oʻyib naqsh, tasvir ishlash, kesib va yoʻnib haykalcha, buyumlar tayyorlash sanʼati. Asosiy xom ashyo suyak (mamont va morj tishi, fil, mol suyagi va shoxi, ot va boshqa hayvonlarning suyagi). Kerakli hajmdagi suyak boʻlagi tanlab olinadi, ortiqcha qismlari arralab olib tashlanadi, gʻadirbudur joylari egovda tekislanadi. Suyakka gul chizib, asboblar (parma, arracha, egov va boshqalar) yordamida oʻyib naqshlar hosil qilinadi hamda jilolanadi.

S.oʻ. qadimdan yirik hayvonlar yashagan hududlarda maʼlum boʻlgan. Hindiston, Okeaniya, Afrika, Rossiyaning shimolida taraqqiy etgan; Oʻrta Osiyo hududida geografik sharoitga koʻra S.oʻ. rivojlanmagan. Xalq amaliy bezak sanʼati turlaridan — pichoqchilikda hamda mayda shaklli buyumlar (tugmacha va boshqalar) tayyorlashda S.oʻ. qoʻllaniladi. 20-asr 60y.laridan S.oʻ. Oʻzbekiston amaliy bezak sanʼatida bir qadar rivojlandi. Jumladan, xalq ustasi Ortiq Fayzullayev saʼyharakati tufayli S.oʻ. da badiiy asarlar — "Choʻpon", "Lazgi oʻyini", "Kurant", "Navoiy" va boshqa yaratiddi.