Tōno (Iwate)
Tōno (yaponcha: 遠野市 Tōno-shi ) – Yaponiyaning Iwate prefekturasida joylashgan shahar. 1-yanvar, 2020-yil holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 26,378 kishini tashkil qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 31.6 kishi toʻgʻri keladi. Umumiy maydoni 825.97 km² (318.91 mi²).
Tōno 遠野市 | |
---|---|
Shahar | |
39°19′55.3″N 141°31′58.4″E / 39.332028°N 141.532889°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat | Tōhoku |
Prefektura | Iwate |
Hukumat | |
• Shahar meri | Toshiaki Honda |
Maydon | 825.97 km2 (318.91 kv mi) |
Aholisi (Yanvar, 2020) |
26 110 |
|
Geografiyasi
tahrirTono markaziy Iwate prefekturasida, Sarugaishi daryosining boʻyida, togʻlar bilan oʻralgan holda joylashgan. Hayachine togʻi Hanamaki, Kawai va Tono uchrashadigan shaharning eng shimoliy nuqtasida joylashgan. Shaharning eng baland nuqtasi 1914 metr balandlikda. Sharqda Rokkoushi togʻi (1294 metr), gʻarbda Ishigami togʻi (1038 metr) eng baland togʻlardir. Bu choʻqqilar birgalikda Tononing „katta uchta“ togʻlarini tashkil qiladi.
Chegaradosh munitsipalitetlar
tahrir- Iwate prefekturasida:
- Kamaishi
- Hanamaki
- Oshu
- Miyako
- Sumita
- Otsuchi
Iqlimi
tahrirTōno nam iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi salqin va qishi sovuq. Tōnoda oʻrtacha yillik harorat 9,6 °C. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 1388 mm, sentyabr eng yomgʻirli, fevral esa eng quruq oy hisoblanadi. Eng yuqori harorat avgust oyida 22,6 °C atrofida, eng pasti esa yanvarda, −2,2 °C atrofida boʻladi[1].
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2] Tono aholisi 1960-yilda eng yuqori choʻqqisiga chiqqan va soʻnggi 60 yil ichida doimiy ravishda kamaydi. Tono shahar hokimiyatining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, aholining 37,6 foizi 65 yoshdan oshganlar[3].
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 31,621 | — |
1930 | 34,169 | +8.1% |
1940 | 35,517 | +3.9% |
1950 | 45,068 | +26.9% |
1960 | 46,281 | +2.7% |
1970 | 40,768 | −11.9% |
1980 | 37,382 | −8.3% |
1990 | 34,926 | −6.6% |
2000 | 33,108 | −5.2% |
2010 | 29,338 | −11.4% |
2020 | 25,366 | −13.5% |
Tarix
tahrir
Tono shahri rasman 1954-yil 1-dekabrda sobiq Tono shahrining yettita Ayaori, Otomo, Tsukimousi, Matsuzaki, Tsuchibuchi, Aozasa va Kamigo qishloqlari bilan birlashishi natijasida tashkil etilgan[4].
2005-yil 1-oktyabrda Miyamori qishlogʻi (Kamixey tumanidan) shaharni hozirgi chegaralariga olib kelish uchun Tonoga birlashtirildi[5].
Hukumati
tahrirTōno toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shaklidagi shahar. Tōno Iwate prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzo qoʻsha oladi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Parlamenti quyi palatasining Iwate 3-okrugiga kiradi.
Taʼlim tizimi
tahrirTono shahrida Iwate prefekturasi taʼlim kengashiga qarashli ikkita katta oʻrta maktab mavjud. Iwate prefekturasi Tono oʻrta maktabi akademik oʻquv dasturida ishlaydi, Iwate prefekturasi Tono Ryokuho katta oʻrta maktabi esa kasbiy taʼlimga yoʻnaltirilgan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Tōno climate data
- ↑ Tōno population statistics
- ↑ Tōno City official statistics
- ↑ Suzuki, Kyusuke. {{{title}}}, (岩手県市町村地域史シリーズ (10)) (ja). 熊谷印刷出版部, 1993. ISBN 4877201491.
- ↑ Iwate Prefecture official site: List of Mergers of Cities, Towns and Villages (Wayback Machine saytida 2019-01-19 sanasida arxivlangan) (yaponcha)
- ↑ Iwate Prefectural Board of Education listing of high schools(yaponcha)
Havolalar
tahrirVikiomborda Tōno (Iwate) haqida turkum mavjud |
- Rasmiy veb-sayt (yaponcha)