Tabassum (Vohidov asari)

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼrlar toʻplami

„Tabassum“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Ilk bor 2010-yil Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi nashriyotida chop etilgan. 2013-hamda 2017-yillarda ayni nashriyotda ayni ISBN raqam bilan qayta chop etilgan.

Tabassum
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2010
2013
2017
Sahifalar soni 284 (2010)
284 (2013)
277 (2017)
ISBN ISBN 978-9943-06-293-1 (2010, 2013, 2017)

Toʻplamga asosan shoirning hazil va mutoyiba sheʼrlari kiritilgan. Toʻplamga Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon „Kulgu — ochiqkoʻngillik guvohnomasi“ sarlafhasi ostida kirish soʻz yozgan.

Asarning birinchi nashrini tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Shukur Qurbon – muharrir, Akbarali Mamasoliyev – badiiy muharrir, Aslidddin Joʻrayev – texnik muharrir, Shavkat Joʻraboyev – sahifalovchi. Kitob adadi – 1 000 nusxa.

Toʻplamning 2017-yil chop etilgan nashrini tayyorlashda esa quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Shukur Qurbon – muharrir, Shuhrat Odilov – badiiy muharrir, Aslidddin Joʻrayev – texnik muharrir, Shavkat Joʻraboyev – sahifalovchi. Kitob adadi – 6 000 nusxa.

Havolalar tahrir