Tabuk viloyati
Tabuk (arabcha: مِنْطَقَة تَبُوْك Minṭaqat Tabūk) – Saudiya Arabistonining shimoli-gʻarbiy sohilida joylashgan boʻlib, Qizil dengiz orqali Misrga tutash viloyat. Maydoni – 146 072 km2, aholisi 910 030 kishi (2017)[1]. Markazi – Tabuk. Amir 1987-yildan Fahd bin Sulton[2]. Soʻnggi yillarda Saudiya hukumatining provinsiyadagi futuristik Neom City loyihasi tufayli viloyat ommaviy axborot vositalarining eʼtiboriga tushdi[3].
Tarixi
tahrirTabuk viloyatining tarixi bundan 5 ming yil avval boshlangan. Mintaqa Madyan yerlari bilan belgilanadi. Mintaqani 1916/1918-yillardagi arab qoʻzgʻoloni paytida hujumlar markazi boʻlgan Hijoz temir yoʻli kesib oʻtadi[4].
Aholisi
tahrirYil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1992 | 486,134 | — |
2004 | 691,716 | +42.3% |
2010 | 796,425 | +15.1% |
2018 | 930,507 | +16.8% |
Yirik shaharlari
tahrir- Tabuk
- Tayma
- Duba
- Al-Vajh
- Haql
- Umluj
- Al-Bad
- Neom (rejalashtirilgan)
- Amaala (rejalashtirilgan)
Iqtisodiyot
tahrirTabuk faol savdo markazi boʻlib, Makkaga oʻtadigan ziyoratchilarga xizmat qiladi. Moʻtadil iqlimi tufayli bir nechta sut va parrandachilik fermalari joylashgan. Viloyat asosan zambaklar, statislar va gladiola kabi gullarni Yevropaga eksport qiladi[5]. Ilgari Damashqdan Madinaga Tabuk orqali tor temir yoʻl (1050 mm/3 fut 511⁄32 temir yoʻl) oʻtgan[6]. Temir yoʻl qoldiqlarini Tabukda topish mumkin, bu yerda katta stansiya qurilgan. Shundan soʻng stansiya qayta tiklangan[7].
Amirlar roʻyxati
tahrir1926-yildan beri viloyat hokimlari quyidagilardir[8]:
- Muhammad ibn Abdulziz Al-Shahl 1926-yildan 1930-yilgacha
- Abdulloh bin Saad 1930-yildan 1931-yilgacha
- Abdulloh bin Saad bin Abdul Mohsen Al-Sudairiy 1931-yildan 1935-yilgacha
- Saud bin Hizlol bin Nosir Al-Saud 1936-yildan 1937-yilgacha
- Musaed Saud bin Abdulloh bin Abdulaziz Al-Saud 1938-yildan 1950-yilgacha
- Sulaymon bin Muhammad bin Sulton Al-Sulton 1950-yildan 1950-yilgacha
- Abdul Rahmon bin Muhammad 1950-yildan 1951-yilgacha
- Xolid bin Ahmad bin Muhammad Al-Sudairiy 1951-yildan 1955-yilgacha
- Musaad bin Ahmad bin Muhammad Al-Sudairiy 1955-yildan 1972-yilgacha
- Sulaymon bin Turkiy bin Sulaymon Al-Sudairiy 1972-yildan 1980-yilgacha
- Abdul Majid bin Abdulaziz Al-Saud 1980-yildan 1986-yilgacha
- Mamduh bin Abdulaziz Al Saud 1986-yildan 1987-yilgacha
- Fahd bin Sulton Al-Saud, 1987-yildan hozirgi kungacha
Diqqatga sazovor joylari
tahrir- Tabuk qal’asi[9]
- Qushlar bogʻi
- Shahzoda Fahad bin Sulton bogʻi
Manbalar
tahrir- ↑ „Population Characteristics surveys“. General Authority for Statistics (2017).
- ↑ Sabri, Sharaf. The house of Saud in commerce : a study of royal entrepreneurship in Saudi Arabia. New Delhi: I.S. Publications, 2001. ISBN 8190125400. OCLC 47863742.
- ↑ „Saudi Arabia's Crown Prince reveals project 'THE LINE' in futuristic city of NEOM“ (10-yanvar 2021-yil).
- ↑ „Tabūk | Saudi Arabia“ (inglizcha). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 11-aprel 2019-yil.
- ↑ „Tabouk City Profile, Saudi Arabia“ (inglizcha). The Saudi Network. Qaraldi: 4-may 2017-yil.
- ↑ „Hejaz railway“, Wikipedia (inglizcha), 9-may 2021-yil, qaraldi: 2021-05-25
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „The Hijaz Railway“ (inglizcha). www.visitsaudi.com. Qaraldi: 25-may 2021-yil.
- ↑ „the list of all governors of Tabuk Province“. Ministry of Interior. 2011-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-may 2012-yil.
- ↑ „Tabuk“ (en-us). www.sauditourism.sa. 11-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
Havolalar
tahrir- The-Saudi.net, Tabuk saytida
- Tabukdagi Saudiya Arabistoni axborot resursi, rasmlar bilan (Wayback Machine saytida 2004-08-13 sanasida arxivlangan)