Tafakkur oʻyinlari (inglizcha: A Beautiful Mind) – 2001-yilda ishlangan Amerika biografik drama filmi. Film mashhur matematik John Forbes Nash Jr hayotiga bagʻishlangan. Rejissor Ron Howard filmni Sylvia Nazarning A Beautiful Mind romani asosida suratga olgan[2].

Tafakkur oʻyinlari

Film posteri
Rejissyor(lar) Ron Howard
Prodyuser(lar) Brian Grazer Ron Howard
Ssenariynavis(lar) Akiva Goldsman
Rollarda Russell Crowe
Ed Harris
Jennifer Connelly
Pol Bettany
Adam Goldberg
Christopher Plummer
Bastakor(lar) James Horner
Studiya(lar)
Chiqarilgan sanasi 2001
Davomiyligi 135 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $58 million
Daromadi $313 million

Filmda bosh rollarni Russel Crowe, Ed Harris, Jennifer Connelly, Paul Bettany, Adam Goldberg va Christopher Plummer ijro etgan. Film 2001-yil 21-dekabrda Amerika Qoʻshma Shtatlari kinoteatrlarida taqdim etildi. Dunyo boʻylab $313 milliondan ortiq daromad qildi va „Eng yaxshi film“, „Eng yaxshi rejissor“, „Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy“ va „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyalari uchun toʻrtta Oscar mukofotiga sazovor boʻldi. Shuningdek, film „Eng yaxshi aktyor“, „Eng yaxshi film montaji“, „Eng yaxshi pardoz“ va „Eng yaxshi original musiqa“ nominatsiyalari uchun nomzod boʻlgan[3].

Film tanqidchilar tomonidan yaxshi qabul qilindi, lekin Nash hayotining baʼzi jihatlari, ayniqsa oilasi va nikohsiz tugʻilgan oʻgʻli haqida notoʻgʻri tasvirlar uchun tanqid qilindi. Biroq, film ijodkorlarining taʼkidlashicha, bu film Nash hayotini aks ettirish uchun moʻljallanmagan edi.

Rollar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „A Beautiful Mind (2002)“. AFI Catalog of Feature Films. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
  2. Sylvia Nasar, A Beautiful Mind, Touchstone 1998
  3. „The 74th Academy Awards (2002) Nominees and Winners“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences. AMPAS. 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-noyabr.

Havolalar

tahrir