Talas (daryo)
Talas (qirgʻ. Талас, qoz. Талас) — Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikasidagi daryo. Qirgʻiziston tizmasining janubiy yon bagʻrida, Qoraqoʻl nomi bilan boshlanadi, Qorasoy qishlogʻi yonida Uchqoʻshoʻy irmogʻi qoʻshilgach, Talas nomini oladi. Talas Chu daryosiga yetmasdan ancha uzoqda Moʻyinqum choʻllari orasida kichikkichik koʻllar hosil qilib tugaydi. Uzunligi 661 km, havzasining maydoni 52700 km². Muz, qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi Qorasoy qishlogʻi yonida 32 m³/sek. Togʻli qismida va ayniqsa, tekislik qismida (Taroz shahridan quyida) Talasning suvi koʻplab ariq va kanallar orqali sugʻorishga olinadi. Eng yirik irmoqlari: Uchqoʻshoʻy, Koʻlba, Beshtosh, Urmaral, Kumushtog, Qorabura, Kengkoʻl va Nelden. Talas boʻyida Taroz, Talas sh.lari joylashgan. Talasda Kirov suv ombori bor.
Talas (daryo) | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 661 |
Suv sarfi | 170 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Qirgʻiziston va Qozogʻiston |
Talas (daryo) |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |