Talgat Abdullin
Talgat Abdullin (tatarcha: Тәлгать Мидхәт улы Абдуллин; 1951-yil 22-avgustda tugʻilgan) – davlat arbobi, Tataristonda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi.
Talgat Abdullin | |
---|---|
Tavalludi |
22-avgust 1951-yil |
Fuqaroligi | Rossiya |
Taʼlimi | Qozon davlat moliya-iqtisod instituti |
Kasbi | Siyosatchi |
Millati | Tatar |
Faoliyati
tahrirTalgat Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatida Midxat Galim (1903-yilda tugʻilgan) va Mugʻazzama Zakiy (1920-yil tugʻilgan) oilasida tugʻilgan. Talgatning oilasi keyinchalik Boshqirdistonga koʻchib kelishgan. 1974-yilda Qozon davlat moliya-iqtisod institutini tamomlagan.
Brejnev shahar kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari (1984—1990), Alabuga avtomobil zavodi bosh direktorining oʻrinbosari (1990—1993), Ak Bars banki boshqaruvi raisi (1993-1997), Ak-Bars nomidagi xokkey jamoasi prezidenti (1996—1997), TR Davlat uy-joy fondi boshligʻi (1997—2018). TR Davlat kengashi deputati (1-5 chaqiriqlar).