Ak Bars Kazan
"Ak Bars" xokkey klubi (ruscha: Ак Барс, inglizcha: Snow Leopard) (shuningdek, Ak Bars Kazan nomi bilan ham tanilgan[1]) Qozon shahrida joylashgan Rossiya professional xokkey jamoasi hisoblanadi. „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi Kontinental xokkey ligasining Kharlamov divizioni aʼzosidir.
Tarixi
tahrir"Ak Bars Kazan" xokkey klubi dastlab, 1956-yilda „Mashstroy Kazan“ nomi bilan tashkil etilgan boʻlib, keyinchalik 1958-yilda Sovet Ittifoqining B toifasi ligasiga kirgandan soʻng, uning nomi „SC Uritskogo Kazan“ deb oʻzgartirildi. U, keyinchalik, Sovet xokkey ligasida A2 darajasiga koʻtarildi. „SC Utritskogo Kazan“ xokkey klubi ikki marta SSSR ligasida gʻolib boʻlib, 1962 va 1976-yillarda Rossiya chempioni nomini oldi.
„SC Uritskogo Kazan“ xokkey klubining eng muvaffaqiyatli davri 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlariga toʻgʻri keldi. Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, „SC Uritskogo Kazan“ nomi 1990-yilda „Itil Kazan“ga aylandi.
1996-yilda Rossiya Superligasi (RSL) tashkil etilgandan soʻng, Tataristonda xokkeyning oltin davri boshlandi. Tatarlarning milliy ramzi boʻlgan qor qoploni sharafiga klub nomi „Ak Bars Kazan“ nomiga oʻzgartirildi. „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi 1998-yilda RSL gʻolibi boʻldi.
2004—2005-yilgi mavsumda „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi Milliy xokkey ligasining 11 nafar xokkeychisi bilan shartnoma imzoladi. Ular orasida rossiyalik super yulduzlar Alexei Kovalev va Ilya Kovalchuk hamda kanadaliklardan Vincent Lecavalier va Dany Heatley kabi professinal xokkeychilar bor edi. Lekin „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi pley-offning birinchi bosqichida Yaroslavlning „Lokomotiv Yaroslavl“ xokkey klubiga imkoniyatni boy berdi. Undan soʻng, „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi 2006-yilda Rossiya xokkey ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi.
„Ak Bars Kazan“ xokkey klubi soʻnggi yillarda Sergei Zinovjev, Danis Zaripov va Alexei Morozov kabi mutaxassislar boshchiligida „ZZM“ liniyasida yetakchilik qildi. Vitaly Proshkin va Vladimir Vorobiev kabi faxriylar hamda Raymond Giroux, Petr Čajánek va Jukka Hentunen kabi chet el xokkeychilari bilan birgalikda „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi liganing eng yaxshi jamoalaridan biri boʻlib bormoqda.
Qozonning „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi Yaroslavlning „Lokomotiv Yaroslavl“ xokkey jamoasi va qoʻshni Ufaning „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey jamoasi bilan kuchli raqib hisoblanadi.
Yutuqlar
tahrirChempion
tahrirRossiya chempionati (5): 1997—1998, 2005—2006, 2008—2009, 2009—2010, 2017—2018
Gagarin kubogi (3): 2008—2009, 2009—2010, 2017—2018
Opening kubogi (2): 2009—2010, 2020—2021
Rossiya Superligasi (2): 1997—1998, 2005—2006
IIHF Yevropa chempionlar kubogi (1): 2007
IIHF kontinental kubogi (1): 2007—2008
Sovet A2 daraja (3): 1962, 1985, 1989
Sovet B daraja (1): 1976
Ikkinchi o‘rin
tahrirRossiya chempionati (5): 1999—2000, 2001—2002, 2006—2007, 2014—2015, 2019—2020
Gagarin kubogi (1): 2014—2015
Rossiya Superligasi (3): 1999—2000, 2001—2002, 2006—2007
Rossiya chempionati (1): 2016—2017
Gagarin kubogi (1): 2016—2017
Muntazam mavsum KHL natijalari
tahrirMavsum | Oʻyin | Gʻalaba | Magʻlubiyat | Qoʻshimcha vaqtlardagi gollar | Ochko | Gollar | Safar uchrashuvidagi golar | Final | Toʻpurarlar | Pley-off |
2008—2009 | 56 | 36 | 10 | 6 | 122 | 189 | 123 | 1-oʻrin, Chernyshev | Alexei Morozov (71 ochko) | Gagarin kubogi chempioni, 4-3 (Lokomotiv Yaroslavl) |
2009—2010 | 56 | 25 | 18 | 5 | 96 | 159 | 128 | 2-oʻrin, Kharlamov | Alexei Morozov (49 ochko) | Gagarin kubogi chempioni, 4-3 (HC MVD) |
2010—2011 | 54 | 29 | 12 | 8 | 105 | 181 | 133 | 1-oʻrin, Kharlamov | Alexei Morozov (56 ochko) | Konferensiya yarim finali magʻlubiyat, 1-4 (Salavat Yulaev Ufa) |
2011—2012 | 54 | 27 | 19 | 5 | 92 | 167 | 136 | 3-oʻrin, Kharlamov | Alexei Morozov (50 ochko) | Konferensiya yarim finali magʻlubiyat, 2-4 (Traktor Chelyabinsk) |
2012—2013 | 52 | 28 | 10 | 8 | 104 | 157 | 112 | 1-oʻrin, Kharlamov | Alexei Morozov (38 ochko) | Konferensiya finali magʻlubiyat, 3-4 (Traktor Chelyabinsk) |
2013—2014 | 54 | 26 | 14 | 6 | 100 | 139 | 108 | 2-oʻrin, Kharlamov | Alexander Burmistrov (38 ochko) | Konferensiya chorak finali magʻlubiyat, 2-4 (Sibir Novosibirsk) |
2014—2015 | 60 | 34 | 14 | 6 | 120 | 169 | 115 | 1-oʻrin, Kharlamov | Justin Azevedo (50 ochko) | Gagarin kubogi finali magʻlubiyat, 1-4 (SKA Saint Petersburg) |
2015—2016 | 60 | 31 | 20 | 9 | 96 | 143 | 127 | 2-oʻrin, Kharlamov | Justin Azevedo (53 ochko) | Konferensiya chorak finali magʻlubiyat, 3-4 (Salavat Yulaev Ufa) |
2016—2017 | 60 | 38 | 18 | 4 | 109 | 155 | 127 | 2-oʻrin, Kharlamov | Justin Azevedo (34 ochko) | Konferensiya finali magʻlubiyat, 0-4 (Metallurg Magnitogorsk) |
2017—2018 | 56 | 32 | 18 | 6 | 100 | 158 | 126 | 1-oʻrin, Kharlamov | Jiri Sekac (42 ochko) | Gagarin kubogi chempioni, 4-1 (CSKA Moscow) |
2018—2019 | 62 | 38 | 18 | 6 | 82 | 165 | 139 | 3-oʻrin, Kharlamov | Jiri Sekac (47 ochko) | Konferensiya chorak finali magʻlubiyat, 0-4 (Avangard Omsk) |
2019—2020 | 62 | 44 | 13 | 5 | 93 | 178 | 121 | 1-oʻrin, Kharlamov | Justin Azevedo (37 ochko) | Konferensiya chorak finali gʻolibi, 4-0 (Neftekhimik Nizhnekamsk) COVID-19 pandemiyasi tufayli pley-off bekor qilindi |
2020—2021 | 60 | 41 | 11 | 8 | 90 | 185 | 131 | 1-oʻrin, Kharlamov | Stéphane Da Costa (57 ochko) | Konferensiya finali magʻlubiyat, 3-4 (Avangard Omsk) |
2021—2022 | 48 | 30 | 12 | 6 | 66 | 129 | 109 | 3-oʻrin, Kharlamov | Dmitri Kagarlitsky (34 ochko) | Konferensiya chorak finali magʻlubiyat, 2-4 (Avangard Omsk) |
Oʻyinchilar
tahrirJoriy oʻyinchilar
tahrir2022-yil 25-iyun holatiga koʻra[2][3];
Franchayzing KHL reytingi yetakchilari
tahrirBular franchayzing tarixidagi eng yaxshi oʻn ochko toʻpurarlarining jadvali hisoblanadi. Natijalar har bir tugallangan KHL muntazam mavsumidan keyin yangilanadi[4].
Eslatma: = hozirgi Ak Bars oʻyinchisi
|
|
|
NHL bitiruvchilari
tahrir
- Denis Arkhipov (1995—2000)
- Dmitri Bykov (1999—2002)
- Pavel Datsyuk (2000—2001)
- Fedor Tyutin (2003—2004)
- Aleksey Morozov (2005—2013)
- Alexander Burmistrov (2008—2009, 2013—2015, 2017—2018, 2020)
Bosh murabbiylar
tahrir
- Anatoly Muravyov (1956—1965, 1966—1968)
- Ismail Milushev (1965—1966, 1968—1971)
- Evgeny Yegorov (1971—1975)
- Vladimir Andreyev (1975—1978)
- Vladimir Vasiliev (1978—1982)
- Oleg Golyamin (1982—1984)
- Gennady Tsygurov (1984—1987)
- Vitaly Stain (1987—1988)
- Vsevolod Yelfimov (1988—1991, 1994—1995)
- Yuri Ochnev (1991—1992)
- Vladimir Gusev (1992)
- Viktor Kuznetsov (1992—1994)
- Yuri Moiseev (1995—1999, 2001—2002)
- Vladimir Krikunov (1999—2001)
- Vladimir Plyushev (2002—2003)
- Vladimír Vůjtek (2003—2004)
- Zinetula Bilyaletdinov (2004—2011)
- Vladimir Krikunov (2011—2012)
- Valery Belov (2012—2014)
- Zinetula Bilyaletdinov (2014—2019)
- Dmitri Kvartalnov (2019—2022)
- Oleg Znarok (2022—)
Taniqli bitiruvchilar
tahrir
Manbalar
tahrir- ↑ „STATISTICS“. 2008-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ "Team Roster „Ak Bars“". www.ak-bars.ru. Retrieved 2022-07-25.
- ↑ „Ak Bars Kazan team roster“ (Wayback Machine saytida 2011-09-26 sanasida arxivlangan). www.khl.ru. Retrieved 2022-07-25.
- ↑ „Ak Bars Kazan All-Time KHL Leaders“. quanthockey.com (2019-yil 16-mart). Qaraldi: 2019-yil 16-mart.