Qozon
Qozon (tatarcha: Казан, Qazan) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi shahar, Tatariston Respublikasining poytaxti, Volga daryosining soʻl qirgʻogʻidag yirik port shahar. Rossiyaning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, madaniy markazlaridan biri. Volga daryosi chap sohilida. Yirik daryo porti. Qozon stansiyasi. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor. Aholisi 1105,3 ming kishi (2002). 5 maʼmuriy tumanga boʻlingan.
Qozon tatarcha: Казан | |
---|---|
Shahar, Tataristonning poytaxti | |
55°47′27″N 49°06′52″E / 55.79083°N 49.11444°E | |
Mamlakat | Rossiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Tatariston Respublikasi |
Shahariy okrug | Qozon |
Ichki boʻlinishi | shaharda 7-ta tuman |
Hukumat | |
• Hokim | Ilsur Raisovich Metshin |
Asos solingan | 1005 |
Ilk eslatilishi | 1391 |
Maydon | 425.3 km2 (164.2 kv mi) |
Markazi balandligi | 60 m |
Aholisi (#Н/Д[2]) |
|
Zichligi | 1915 kishi/km2 |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar, pravoslavniylar и др. |
Etnoxoronim | qozonlik, qozonliklar |
Telefon kodi | 843 |
Pochta indeks(lar)i | 420xxx |
Avtomobil kodi | 16, 116, 716 |
[[]] | 92401 |
|
Qozonga 1-ming yillik oxirida Qozon
Manba xatosi: The opening <ref>
tag is malformed or has a bad namedaryosining oʻrta oqimida bulgʻorlar asos solgan. 1399-yilda Moskva knyazi Yuriy Dmitriyevich qoʻshinlari tomonidan Qozon vayron qilindi va 30 — 40 yildan soʻng qayta tiklandi. Keyinchalik shahar oʻrnida Kreml qurildi. XV asrdan Oʻrta Volga boʻyining yirik iqtisodiy va savdo markazi, 1438-yildan Qozon xonligining poytaxti. 1552-yilda rus podshosi Ivan Grozniy qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. 1708-yil dan Qozon gubernyasi markazi. XIX asrda Qozonda sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. 1804-yilda universitet ochildi. q. 1920—90 yillarda Tatariston ASSR poytaxti.
Mashinasozlik (aviasozlik, motor-sozlik, „Teplokontrol“, vakuum texnikasi ishlab chiqarish birlashmalari; kompressor, elektron-hisoblash texnika mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqalar) va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi („Kazan-orgsintez“, „Tasma“, kimyo-farmatsevtika korxonalari; sintetik kauchuk, uy-roʻzgʻor kimyosi mahsulotlari va boshqalar), yengil (moʻyna, koʻn-teri mahsulotlari va boshqalar), oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. 11 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), 6 teatr (opera va balet teatri va boshqalar), 8 muzey (Tatariston Respublikasi, tasviriy sanʼat, M.Gorkiy nomidagi muzeylar va boshqalar) bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan Kreml va yodgorliklar majmuasi (XVI—XVIII asrlar), shu jumladan, Suyumbeka minorasi (XVII—XVIII asr boshlari), Petropavlovsk sobori (XVIII asr, hozirgi sobor binosi — planetariy), Marjoniy masjidi (XVIII asr), gubernator saroyi (XIX asr), qozon universiteti majmuasi (XIX asr, klassitsizm uslubida qurilgan) saqlangan. Qozonda shaharning bunyod etilganiga 1000-yil toʻlganligi munosabati bilan bir yoʻla 5 ming kishi namoz oʻqiydigan toʻrt minorali Qul Sharif jome masjidi oʻz oʻrnida qayta tiklandi. Yevropada eng katta boʻlgan bu masjid 1552-yil Ivan Grozniy Qozonni bosib olgan vaqtda butunlay buzib tashlangan edi.
Qozon Kremli YUNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan (2000). 2005-yil Qozonning 1000-yilligi nishonlandi. Metropoliten ishga tushirildi.
Tarixi
tahrirVolga Bulg'oriyasi chegarasida qal’a sifatida qurilgan. XIII—XIV asrlarda Qozon Oltin Oʻrda tarkibidagi muhim savdo va siyosiy markaz boʻlgan. 1438-yildan boshla Qozon xonligining poytaxtiga aylangan. Shahar nomining maʼnosi kelib chiqishi haqida turli xil fikrlar bor.
- 1408 — yilda Qozon oʻz tanga pullarinin zarb qila boshladi.
- 1552 — Ivan Grozniyning yurushidan soʻng Qozon xonligi Rossiya tarkibiga qoʻshib olindi.
- 1708 — yildan boshlab Qozon guberniyasining markazi.
- 1920 — yilda Tatar ASSR poytaxtiga aylandi.
- 1990 — yildan boshlab Tatariston Respublikasining poytaxtiga aylandi.
- 2005 — yilda shaharning ming yilligi nishonlashi sababli Qozon metropoliteni ishga tushirildi.
Vikiomborda Qozon haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- ↑ Qozon > Данные не обнаружены. Возможно страница переименовывалась. Проверьте справочникКатегория:Википедия:Статьи с неправильными параметрами шаблона Население
- ↑ Qozon > Данные не обнаружены. Возможно страница переименовывалась. Проверьте справочникКатегория:Википедия:Статьи с неправильными параметрами шаблона Население