Talipoch darvozasi
Talipoch darvozasi — Buxoro darvozasi.
Talipoch darvozasi | |
---|---|
Talipoch darvozasi va qalʼa devorlarining bir qismi | |
Joylashuvi | |
Hudud | Buxoro viloyati |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Umumiy maʼlumotlar | |
Qurdirgan hukmdor | Abdullaxon II |
Qurilishi boshlangan | 1557-yil |
Qurib bitkazilgan | 1598-yil |
Buzilgan yili | 1960-yil va 2005-yil qayta tiklangan |
Qayta tiklagan meʼmor | Aminjon Salomov hamda Mubin Mo‘minov, va Soli Karimov |
Arxitekturasi | |
Meʼmoriy uslubi | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Qurilish materiali | pishgan gʻisht |
Balandligi | 10 metr |
Kengligi | 5 metr |
Talipoch darvozasi |
Tarixi
tahrirTalipoch darvozasi 1557—1598-yillarda Shayboniy hukmdor Abdullaxon II davrida bunyod etilgan. Buxoroning g‘arbiy qismida yangi xiyobon barpo ettirgan hukmdor katta tepalik yaqinida bu darvozani qurdirgan[1]. Shayboniy hukmdorlar qurilishning oʻziga xos qoidalariga qatʼiy amal qilish, bular — qurilishning puxta oʻrganilgan rejasi, joyning aniq va toʻgʻri tanlanishi, isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, shoshma-shosharlik qilmaslik, turli xil inshootlar, shu jumladan, mudofaa devori yonida moʻʼtadil iqlimni yaratuvchi kanallar, ariqlar, bogʻlar, hovuzlarning joylashishiga asosiy eʼtiborni qaratganlar. Bu darvoza orqali Amirobod, Chorbakr, Jondor, Xorazmga borilar edi. Bundan tashqari darvoza orqali Xoja Ubon va Ogʻoibuzruk ziyoratgohlariga borilgan[2]. Talipoch darvozasi hozirgi kunda oʻz holicha saqlanib qolingan darvozalardan biri hisoblanadi. Buxoro darvozalarining umumiy uzunligi 12 km.dan iborat boʻlgan va Buxoro qalʼasi devorlarining balandligi 10 metr, qalinligi 5 metr hisoblangan.
Meʼmorchiligi
tahrirDarvoza ikki „guldasta“, arka, ravoq, kanos kitebali qilib, usti kungurali gultoj bilan bezatilib, qadimiy qal’a devorlariga moslashtirib qurilgan. Zinda fil Ahmad Jomiy qabrlari ziyoratgohi ham shu darvoza yaqinida joylashgan. XX asrning 50-yillarida xaroba holida mavjud boʻlgan. Darvoza 1960-yilda usta Aminjon Salomov hamda Mubin Mo‘minov, 2005-yilda esa Soli Karimov tomonidan qayta taʼmirlandi. Hozirgi vaqtda Talipoch darvozasi yonida Buxoro Markaziy bozori qad rostlagan[3]. 2022-yil 11-mart kuni yomg‘ir yogʻishi oqibatida „Talipoch qal’a darvozasi“ chap tomonidagi qal’a devorining bir qismi qulab tushgan. Talipoch darvozasi „2022-yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining manzilli ro‘yxati“ga kiritilgan[4].Talipoch darvozasini taʼmirlash maqsadida Respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 1,0 mlrd. soʻm ajratilgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки). Ташкент: Изд-во академии наук Узбекской ССР, 1958 — 145-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ To'rayev H.H. Buxoro tarixi. Buxoro: Durdona, 2020 — 320-bet. ISBN 978-9943-6571-0-6.
- ↑ Buxoroda 500 yillik „Talipoch qal’a darvozasi“ning chap tomon qal’a devori o‘pirilib tushdi
- ↑ „„Talipoch qalʼa darvozasi“ni taʼmirlash uchun 1 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.