Tamshush dovoni
Tamshush dovoni — Surxondaryo viloyatidagi dovon. Hisor tizmasining janubi-gʻarbida, dengiz sathidan 4113 m balandlikda joylashgan. Tamshush va Okdaryo havzalarida. Uz. 3,5 km, eni 440 m. May oyidan oktabrgacha dovondan oʻtish mumkin, qolgan vaqtlarda qor bilan qoplanib yotadi. Dovondan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining chorva mollari yaylovlarga haydab oʻtiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |