Tanets pod dojdyom
„Tanets pod dojdyom“ (ruscha: Танец под дождем, yaʼni „Yomgʻir ostidagi raqs“) — qozogʻistonlik qoʻshiqnavis Eduard Bergaliyev yozgan qoʻshiq. Taronani ilk bor „Multik“ guruhi aʼzosi Bolat Boranov ijro etgan, ammo 2005-yilda[manba kerak] qozoq xonandasi Yerlan Kokeyev ijrosidagi versiya keng shuhrat qozongan[1]. Kokeyev ijrosidagi versiya nafaqat Qozogʻistonda, balki qoʻshni respublikalarda xitga aylangan. Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, qirgʻiz qoʻshiqchilari Erkin Mukashev va Zamir Mirza kaver qilgan.
„Tanets pod dojdyom“ | |
---|---|
Yerlan Kokeyev qoʻshigʻi | |
Chiqarilgan sanasi | 2005 |
Yozib olingan | 2005 |
Matn muallif(lar)i | Eduard Bergaliyev |
Bastakor(lar) | Eduard Bergaliyev |
Klipi | |
„Tanets pod dojdyom“ YouTubeda |
Dastlab bir necha xonanda qoʻshiq muallifi ekanligini daʼvo qilgan. Ayni damda Kokeyev qoʻshiq uchun mualliflik huquqiga egalik qiladi. Xonandaning soʻzlariga koʻra, Bergaliyev uni mualliflik huquqini xarid qilishga „yuridik jihatdan majburlagan“[2]. Bunga qaramay, xonanda qoʻshiqni yoqtirishini hamda tarona aynan uning ijrosi orqali yaxshi tanilganidan mamnun ekanligini aytgan. Kokeyev ijrosidagi versiya uchun klip suratga olingan. 2017-yil Kokeyev „Tanets pod dojdyom“ nomli konsert dasturini eʼlon qilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „«Танец под дождем»: История самой романтичной песни“ (ruscha). Limon (14-sentyabr 2015-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2022-yil.
- ↑ Колушбаев, Халас „«Танец Под Дождем»: Ерлан Кокеев подводит итоги 25-летия на сцене“ (ruscha). 1Show (14-aprel 2017-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2022-yil.