Tansuy
„Tansuy“ (ruscha: Танцуй, yaʼni „Raqsga tush“) — „Zveri“ rus rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2006-yil eʼlon qilingan. Guruhning oʻsha yili chiqarilgan „Kogda mi vmeste, nikto ne kruche“ nomli studiyaviy albomiga yettinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq soʻzini guruh solisti Roman Bilik taganroglik shoir Viktor Bondarev bilan hamkorlikda yozgan, kuyini esa oʻzi mustaqil bastalagan. „Tansuy“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir[1]. Qoʻshiq uchun sodda klip olingan. Undan guruhning konsert davomida qoʻshini ijro etayotgani aks etgan kadrlar oʻrin olgan.
„Tansuy“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Zveri“ qoʻshigʻi | ||||
„Kogda mi vmeste, nikto ne kruche“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 2006 | |||
Yozib olingan | 2006 | |||
Janr | alternativ-rok | |||
Davomiyligi | 3:28 | |||
Matn muallif(lar)i |
Roman Bilik Viktor Bondarev | |||
Bastakor(lar) | Roman Bilik | |||
„Kogda mi vmeste, nikto ne kruche“ xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Tansuy“ YouTubeda |
Sergey Shuba „Newsmusic“ sayti uchun albom haqida yozgan taqrizida qoʻshiqni quyidagicha baholagan:
„Zveri“ juda muvaffaqiyatli tarzda oʻzlariga taqlid qilib, musiqiy va matn materialni maksimal darajada soddalashtirishga erishdilar va munosib boyz-bendga aylandilar. Otashin „Snegopad“ va „Tansuy“, romantik „Nayedine“ va „S dobrim utrom“ yosh ayollarning qalbini hali koʻp bor hayajonga soladi, xit-paradlarda yetakchi oʻrinlarni egallaydi, konsertlarda esa musiqachilarning oyogʻi ostiga ayiqchalar va xoʻrozqandlar tushadi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Львова, Юлия „«Спасибо, что не все ушли». Воронежцы прохладно встретили новые песни группы «Звери»“ (ruscha) (24-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2022-yil.
- ↑ Сергей Шуба. „«Звери» - «Когда мы вместе никто не круче»“ (deadlink). Newsmusic.ru (2006-yil 5-may). 2010-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-avgust.