Tartar
Tartar — yunon mifologiyasida jahannam, Yer osti dunyosining eng tubi. Yer osmondan qanchalik uzoq masofada boʻlsa, Tartar yer yuzidan shunchalik uzoq chuqurlikda joylashgan. Zevs Aid va Poseydon tomondan mag'lubiyatga uchragan Titan Xronos qamalgan zindon. Tartar O'lim Mabudi Aid hukumdorlik qilgan yer osti olamida joylashgan.
Yunon mifologiyasi
tahrirYunon mifologiyasida Tartar yer ostida dunyosida joylashgan.
Maʼbud sifatida
tahrirYunon shoiri Hesiodning miloddan avvalgi VIII asr oxirlarida yaratilgan Theogony asarida Tartar Maʼbudlarning Chaos va Gaia (Yer)lardan keyingi va Erosdan oldingi uchinchi avlodligi aytib oʻtilgan. Gaiaga asoslanadigan boʻlsak, u maxluq Typhonning otasi hisoblanadi[1]. Hyginusga koʻra Tartar Aether va Gaianing farzandi boʻlgan[2].
Hudud sifatida
tahrirHesiod yana shuni atasdiqlaganki, bronza anvil jannatdan yerga qulashi uchun 9 kun vaqt ketgan. Yerdan Tartarga tushish uchun ham yana 9 kun kerak boʻlgan. Miloddan avvalgi VIII asrda yaratilgan Iliada dostonida, Zevs Tartarni osmon yerdan qancha yuqorida joylashgan boʻlsa, Aidning shuncha tubiga joylashtirgan. Mifshunos Apollodorus ham Tartarni „Aiddagi osmon yerdan qancha uzoqda joylashgan boʻlsa shuncha chuqurlikdagi zulmat joy“ deya tasvirlagan[3].
Yunon mifologiyasiga koʻra, Aid qirolligi oʻliklar maskani boʻlib, Tartar unda yashaydiganlardan biri boʻlgan. Xronos Titanlar taxtiga kelganda, 3ta qadimiy bir koʻzli Sikloplarni va 100 qoʻlli Hecatonchireslarni Tartarga zindonband etgan va Campeni qoʻriqchi etib tayinlagan. Zevs Campeni oʻldirib, devlarni Titanlar bilan boʻlgan jang uchun ozod qiladi. Olimpiya xudolari gʻalaba qozonishadi. Xronos va boshqa Titanlar, jumladan, Prometey, Epimetey va ayol Titanlar, xususan, Metis va boshqalar Tartarga surgun qilinadi[4].
Mahkumlar
tahrirAsosan, Tartar Olimpiya xudolariga qarshi chiqqanlar uchun qamoq vazifasini bajargan. Tartar deyarli hamma mifologiyada xudolarga qarshi chiqqanlarga qamoqxona va jazo makoni boʻlgan hamda jazo turlari noodatiy boʻlgan. Masalan:
- Qirol Sizif oʻz mehmon va sayohatchilarini oʻldirganligi sababli Tartarga mahkum etilgan[5].
- Qirol Tantal oʻz farzandi Pelopsni oʻldirib, qaynatib, undan xudolar uchun atalgan ziyofatga taom tayyorlagani uchun Tartarda qolgan umrini oʻtkazgan.
- Thessalyning qadimiy qabilalaridan biri boʻlgan Lapaiths qiroli Iksion qarindoshlar bilan bogʻliq ilk qotillik, yaʼni oʻz qaynotasini koʻmir va oʻtinli yotoqda yoqib yuborgani uchun mahkum etilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Hesiod. Theogony 820–822; Tripp, s.v. Tartarus; Grimal, s.v. Tartarus.
- ↑ Hyginus, Fabulae Preface; Smith, s.v. Tartarus.
- ↑ Apollodorus
- ↑ Hesiod. Theogony, 868
- ↑ „Ancient Greeks: Is death necessary and can death actually harm us?“. Mlahanas.de. 2014-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-may.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |