Teófilo Stevenson
STIVENSON (Stevenson) Teofilo (1952.23.3 — 2012.11.7) — kubalik sportchi, boks boʻyicha ogir vaznda Olimpiada oʻyinlari (1972, 1976, 1980) va jahon (1974, 1978, 1986) chempioni. Olimpiada musobaqalarida eng yaxshi jang mahorati va usulini namoyish etganligi uchun Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) ning Val Barker kubogi bilan takdirlangan.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |