Tedongan
Tedongan (koreyscha: 대동강맥주, Tedongan mekchu; inglizcha: Taedonggang Beer) ― Shimoliy Koreyadagi eng keng tarqalgan va sevimli pivolardan biri.
Pivoning nomi Pxenyanning asosiy daryosi Tedongan nomidan olingan.
Pxenyanning Sadong tumanida, 2002-yil 29-noyabrdan beri xuddi shu nomdagi pivo zavodida ishlab chiqariladi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 70 ml.
Tedongan — yarim orolning janubiy qismida sotib olinadigan yagona Shimoliy Koreya pivosi. Sotuvga uchta nav taklif etiladi: Och, Kuchli va Toʻq.
Asosiy savdo bozori — Pxenyan (KXDR). Pxenyanda 300 dan ortiq pivo barlari mavjud[1]. 2005-yildan beri Janubiy Koreyaga ham cheklangan miqdorda yetkazib berilmoqda.
Shimoliy koreyaliklar quritilgan mintayni achchiq soya sousiga botirib pivo ichishni afzal koʻradilar[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Voini Koreyskoy narodnoy armii stroyat pivnoy zavod v Pxenyane, kotoriy budet davat jitelyam KNDR do 70 mln litrov piva v god, koreana.ru (perepechatka s rian.ru), 4-oktabrya 2001 g
Havolalar
tahrir- «Корея сегодня» — На пивоваренном заводе «Тэдонган»[sayt ishlamaydi]
- Koreana.ru
- BBC-News — North Korea launches beer advert
- „Pyongyang Watch: Beer leader“ (en). Asia Times (2002-yil 30-iyul). 2012-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-iyul.