Tekeli
Tekeli (qozoqcha: Текелі) — Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar. Qoratol daryosi boʻyida. Jungʻariya Olatovi etaklarida, dengiz sathidan 950–1600 m balandlikda joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 30,3 ming kishi (2013).
Tekeli qozoqcha: Текелі | |
---|---|
shahar | |
44°50′0″N 78°49′0″E / 44.83333°N 78.81667°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Almati viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Qaynarbekov Talgʻat Qanatovich |
Asos solingan | 1937 |
Qachondan beri shahar | 1952 |
Maydon | 174 km2 (67 kv mi) |
Markazi balandligi | 1 300 m |
Aholisi (2013) |
30,355[1] |
Milliy tarkib |
qozoqlar (47,5 %) ruslar (44,8 %) tatarlar (2,4 %) olmonlar (1,7 %) koreyslar (1,3 %) ukrainlar (0,8 %)[2][3] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 72835[4] |
Pochta indeks(lar)i | 041700[5] |
Avtomobil kodi | B, 05 |
|
Tarixi
tahrir1911-yil tashkil topib, 1927-yil kent darajasiga koʻtarildi. 1933-yili injener-geologlar M. Yudichev va M. Qadilbekovning ilmiy-tadqiqod ishlarining natijasida Tekeli daryosining oʻng qirgʻogʻidan qoʻrgʻoshin, rux, kumush, kadmiy, germaniy konlari topildi. 1937-yil Tekeli qoʻrgʻoshin-rux boshqarmasining qurulishi boshlanib, 1942-yil qoʻrgʻoshin-rux kombinati qurildi. 1939-yil shifoxona barpo etildi, 1941-yil birinchi oʻrta maktab qad rostladi.
Sanoati
tahrirShaharda Qoʻrgʻoshin-rux kombinati, gʻisht zavodi, trikotaj va tikuvchilik fabrikasi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Iqlimi
tahrirTekelining iqlimi kontinental, qishi sovuq, yozi iliq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati −11-13 °C, iyulniki — 20-22 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 650–1900 mm. Shaharning atrofida, Qoʻra daryosining yonida balandligi 90 metrni tashkil qiluvchi Burxonbuloq nomli sharshara mavjud[6].
Galeriya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года
- ↑ Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Almati viloyatining telefon kodlari
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ Qozoq ensiklopediyasi, 8-tom
Adabiyotlar
tahrir„Jetіsu ensiklopediyasi“. „Aris“ nashriyoti. Almati. 2004
Havolalar
tahrir- Официальный сайт акима города (Wayback Machine saytida 2012-09-11 sanasida arxivlangan)
- Узкоколейная железная дорога в Текели
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |