Terabitiyaga sayohat

2007-yilgi film

Terabitiyaga sayohat – 2007-yilda David L. Paterson va Jeff Stokvell ssenariysi asosida Gabor Csupo rejissyorligida suratga olingan AQSHning fantastik drama filmi. Film 1977-yilda Katherine Patersonning xuddi shu nomdagi romaniga asosan suratga olingan. Bosh rollarda Josh Hutcherson, AnnaSofiya Robb, Bailee Madison, Zooey Deschanel va Robert Patrick ishtirok etgan. Filmda oʻsmir bolalar Jesse Aarons (Hutcherson) va Leslie Burke (Robb) oʻzlarining hayotlaridagi muammolardan uzoqlashish va boʻsh vaqtlarini birgalikda oʻtkazish uchun fantastik „Terabitiya“ olamini yaratishgan.

Terabitiyaga sayohat
Rejissyor(lar) Gábor Csupó
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Qaysi asarga
asoslangan
Terabitiyaga sayohat
Katherine Paterson
Rollarda
Bastakor(lar) Aaron Zigman
Kinematografiya Michael Chapman
Muharrir(lar) John Gilbert
Studiya(lar)
Distribyutor
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 95 daqiqa[3]
Mamlakat Amerika Qoʻshma Shtatlari[1]
Til inglizcha
Byudjeti 17 million dollar[4][5]
Daromadi 137.6 million dollar[5]

Asl roman Patersonlar oʻgʻli boʻlgan David L. Patersonning bolaligidagi voqealarga asoslangan boʻlib, David film ssenariysini oʻzi yozishni davom ettirgan. 2005-yilning oxirida Csupó ishga qabul qilingan va ssenariyning asosiy qismi yakunlangan. Asosiy suratga olish ishlari 2006-yil fevral oyida boshlanib, aprel oyigacha Aucklandda boʻlib oʻtgan. Film 71 yoshli kinematograf Micheal Chapmanning eng soʻnggi filmi boʻlib, u keyinchalik nafaqaga chiqishni rejalashtirgan.

Terabitiyaga sayohat 2007-yilning 16-fevralida Buena Vista Pictures tomonidan AQShda namoyish etilgan. Film oʻzining vizual tasvirlari, aktyorlar ijrosi va hayotiy voqealarga asoslanganligi uchun tanqidchilar tomonidan ham ijobiy qabul qilingan. Film butun dunyo boʻylab 137,6 million dollar daromad qilgan. Film 29th Young Artist Awardsda oʻz nomzodi bilan barcha besh mukofotni qoʻlga kiritgan.

Voqealar rivoji

tahrir

Jess Aarons 12 yoshli xavaskor rassomlardan boʻlib, moliyaviy jihatdan qiynalayotgan oilasi bilan Lark Creekda yashardi. Jess singlisi May Belle bilan maktabga avtobusda borishar edi. Maktabda esa Jess Janice Avery ismli qiz tomonidan koʻp bora haqoratlanardi. Kunlarning birida Jess Leslie Burke ismli yangi oʻquvchi bilan doʻstlashadi. Jess uyda doimiy mashq qilib, tayyorlanib yurgan yugurish musobasiga qatnashadi. Lekin bu musobaqada Lesliening gʻalaba qozonishi Jessni xafa qiladi. Jess va Leslie uyga qaytishyotganida qoʻshni ekanliklarini bilib qolishadi.

Film davomida Jessning otasi bilan muosabatlari yaxshi emasligi maʼlum boʻladi. Otasi Jessning singlisi May Belle bilan koʻp vaqtini oʻtkazardi. Moliyaviy qiyinchiliklari tufayli onasi ham Jessni katta opasining krossovkalarini kiyishga majburlaydi. Bir kuni maktabda Leslie Jessning rasm chizish qobiliyatini maqtaydi va ular doʻst boʻlishni boshlashadi. Darsdan keyin ular oʻrmonga kirib, arqon bilan soydan oʻtib olishadi. Jess va Leslie oʻrmon ichidagi daraxtlarning birida tashlandiq uyni topib olishadi, va Terabitiya nomli yangi dunyoni kashf qilishadi. Keyingi bir necha kun davomida Jess va Lesli bir-birini yaxshiroq bilish uchun boʻsh vaqtini daraxtdagi uyda birga oʻtkazadi.

Leslie Jessga tugʻilgan kunida boʻyoqlar toʻplamni sovgʻa qiladi. Jess otasidan unga boʻlgan munosabati uchun gʻazablanadi. Ertasi kuni Jess Lesliega Terabitiyaga boʻlgan ishonchining yoʻqligi va uning mavjud emasligini aytib Leslieni xafa qiladi. Keyinchalik Jess Leslidan kechirim soʻrash maqsadida unga Prince Terrien laqabli kuchukchani sovgʻa qiladi. Terabitiyada ular turli xil mavjudotlarga duch kelishadi, ulardan biri ulkan troll edi. Troll zoʻravon Janice Averyga qiyoslangan. Maktabda Janicening haqoratlaridan charchagan Leslie Jess bilan birgalikda unga hazil qilishadi va Janice hammaning oldida xijolat tortadi. Leslie Jessni ota-onasi bilan tanishtiradi va Jess Leslielarining uyini boʻyashga yordam beradi. Soʻng Leslie maktabdaligida Janicening barcha zoʻravonliklariga sabab uning tajovuzkor otasi ekanligini bilib qoladi va ikkisi doʻstlashishadi. Keyinchalik Janice Jess bilan ham doʻst boʻladi. Jess va Leslie kuchuk P.Terrienni Terabitiyaga olib boradilar. Terabitiyada ular oʻzlarining ramziy dushmanlari hisoblangan bir nechta mavjudotlarga qarshi kurashadilar. Bu safar troll ularning ittifoqchisi sifatida jonlantiriladi.

Ertasi kuni ertalab Jessni judayam yoqtirdigan musiqa oʻqituvchisi Edmunds xonim qoʻngʻiroq qilib, uni sanʼat muzeyi sayohatiga taklif qiladi. Jess uyiga qaytganida, otasi Leslie soyda arqondan sakrab oʻtayotganida boshini urib olganini va hushini yoʻqotib choʻkib vafot etganini aytadi. Jess bu gaplarni eshitgan zahotiyoq otasining soʻzlariga ishonmaydi hamda ishonch hosil qilish uchun soy boʻyiga yugurib ketadi. Lekin uzilgan arqon va Leslielarning uyi oldidagi tez yordam mashinasini koʻrganida bu haqiqatni qabul qilishga majbur boʻladi.

Ertasi kuni Jess va uning ota-onasi hamdardlik bildirish uchun Burkelar uyiga borishadi. Lesliening otasi Bill Burk Jessga Leslie uni sevganini va uning eski maktabida doʻstlari boʻlmagani sababli Lesliega eng yaxshi doʻst boʻlgani uchun minnatdorchilik bildiradi. Jess Leslining oʻlimida oʻzini juda aybdor his qiladi. Terabitiyadagi „Yovuz Qirol“ Jessni taʼqib qilayotgandek tuyilib yigʻlab yuboradi. Lekin Lesliening otasi unga Lesliening xotirasi ular bilan abadiy qolishini aytib tasalli beradi. Jess Terabitiyani qaytadan tasavvur qilishga qaror qiladi va yangi hukmdorni kutib olish uchun daryo ustida koʻprik quradi. Jess singlisi May Belleni Terabitiya mamlakatiga taklif qiladi va oʻzini qirol, singlisini esa malika deb eʼlon qiladi.

Aktyorlar

tahrir
  • Josh Hutcherson intiluvchan rassom boʻlgan 6-sinf oʻquvchisi Jess Aarons rolida.
  • AnnaSophia Robb Jessning doʻsti boʻlgan 6-sinf oʻquvchisi Leslie Burke rolida.
  • Bailee Madison Jessning singlisi Mey Belle Aarons rolida.
  • Zooey Deschanel Jess yoqtiradigan musiqa oʻqituvchisi Edmunds xonim rolida.
  • Robert Patrik Jess va Mey Bellning otasi Jack Aarons rolida.
  • Kate Butler Jess va Mey Bellening onasi Mery Aarons rolida.
  • Devon Wood Jess va May Bellening opasi Brenda Aarons rolida.
  • Emma Fenton Jess va Mey Bellening opasi Ellie Aarons rolida.
  • Grace Brannigan Jess va Mey Bellening chaqaloq singlisi Joyce Aarons rolida.
  • Latham Geyns Lesliening otasi Bill Burke rolida.
  • Judy Mclntosh Lesliening onasi Judy Burke rolida.
  • Patricia Aldersley Lesliening buvisi rolida.
  • Lauren Clinton gigant trol uchun ilhom manbai boʻlgan Jess va Lesliening bezori, keyinchalik doʻsti boʻlgan Janice Avery rolida.
  • Isabelle Kircher Carla rolida
  • Cameron Wakefield Scott Hoager rolida
  • Elliot Lawless Gary Fulcher rolida, zoʻravonlardan biri, tukli tulporlarga ilhom manbai boʻlib xizmat qiladi.
  • Carly Owen Madison rolida
  • Jen Wolfe Myers xonim oʻqituvchi rolida.
  • James Gaylyn direktor Turner rolida
  • Ian Harcourt Kenny rolida, avtobus haydovchisi.
  • Phil Grieve janob Bailey rolida
  • Matt Gibbons zulmat ustasi sifatida, Terabityadagi yovuz mavjudot.
  • Paddy shahzoda Terrien rolida, Burke oilasi tomonidan asrab olingan it.

Ishlab chiqarilishi

tahrir

Filmni Nickelodeonning „Rugrats“ multseriali hammuallifi va sobiq Hanna-Barbera animatori Gábor Csupó sahnalashtirgan. U bu vazifaga dastlab Walden Media prezidenti Cary Granat tomonidan tavsiya etilgandi. Garchi Csupó ilgari hech qachon jonli film ustida ishlamagan boʻlsa-da, bu Granatni „zarracha tashvishga solmagan“[6]. Csupó filmni suratga olishdan manfaatdor ekanligini aytgan, chunki u „uzoq vaqt davomida jonli film suratga olishni orzu qilgan“, lekin „men bu kitobni oʻqigunimcha, bu ish menga yoqmagan“ deb aytgan. U kitobni „taʼsirli“ deb taʼriflab, „uni hayajonga solganini“ aytgan[7]. Terabitiyaga sayohat kinooperator Micheal Chapmanning nafaqaga chiqishidan oldingi soʻnggi filmi boʻlgan. Chapman filmning DVD shaklida ushbu filmni suratga olgandan soʻng nafaqaga chiqqanini, chunki u oxirgi filmi yaxshi boʻlishini xohlaganini taʼkidlagan; „Bu juda chiroyli hikoya va men butun hayotim davomida aynan shunday film qilishni xohlaganman“[8].

Kasting

tahrir

Rejissor Csupo film uchun dastlab aktyorlar haqida hech qanday fikri boʻlmaganini taʼkidlagan. Birinchi tanlangan aktyor Leslie Burke rolini ijro etish uchun AnnaSophia Robb boʻlgan. Robb Csupóga shunday goʻzal va samimiy xat yozgan ediki, unda u kitobga va qahramonga boʻlgan sevgisini ifoda etgandi. Csuponing aytishicha, u AnnaSophiani „yozgan xati, gʻayrati“ tufayli tanlab olgan. Shuningdek, Robb kasting boshlanishidan oldin prodyuser Lauren Levine bilan suhbatlashgan va „ularning suhbati uni AnnaSophia shubhasiz bu rol uchun yaratilganligiga ishontirgan“. Levine shunday degan: „AnnaSophia bilan barcha xayoliy narsalar haqida suhbatlashganimda, oʻzimni goʻyo Leslie bilan gaplashayotgandek his qilaman. U tashqi koʻrinishidan kitobdagi Lesliedan farq qilishi mumkin, ammo Lesliening ruhi va AnnaSofiyaning ruhi deyarli bir xil edi“[9]. Robbning aytishicha, „Leslie shunday odamlardan biriki, u doimo nur sochib turadi, oʻziga xos jozibaga ega va hech kim uning kayfiyatini tushira olmaydi. Leslie shunchalik hayotga toʻla va quvnoq xarakterga egaki, uning rolini ijro etish men uchun juda qiziqarli boʻlgan“[10].

Suratga olinishi

tahrir

Filmni ishlab chiqarish 2006-yil 20-fevralda boshlangan boʻlib, film byudjeti 20–25 million dollarni tashkil qilgan[11]. Filmning asosiy suratga olish ishlari Yangi Zealandiyaning Auckland shahrida 60 kun ichida suratga olingan[12]. Filmni tahrirlash oʻn hafta davom etgan, filming musiqani yaratish va vizual effektlariga yana bir necha oy davom etgan. Film 2006-yilning noyabrida tugatilgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Bridge to Terabithia“. American Film Institute. 2024-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
  2. „Bridge to Terabithia Begins Production in NZ | Scoop News“. 2024-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
  3. „Bridge to Terabithia | British Board of Film Classification“. bbfc.co.uk. 2019-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
  4. „Movie Jungle Interviews - Bridge to Terabithia Interviews - Gabor Csupo & David Paterson“. Movie Jungle. 2007-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
  5. 5,0 5,1 „Bridge to Terabithia“. The Numbers. Nash Information Services. 2014-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
  6. Roberts. „Gabor Csupo Interview, Director Bridge to Terabithia“. MoviesOnline. 2008-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr.
  7. Robertson, Barbara. Imaginary Effects. Computer Graphics World (2007-yil mart), s. 43–44.
  8. „Bridge to Terabithia production notes“. 2012-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr.
  9. „Bridge to Terabithia production notes“. 2012-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr.
  10. Roberts. „AnnaSophia Robb Interview, Bridge to Terabithia“. MoviesOnline. 2007-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr.
  11. Bennett. Bridge to Terabithia: From Imagination to 3D Enchantment“. Animation World Network (2007-yil 16-fevral). 2007-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr.
  12. „Bridge to Terabithia — About the Film“. Walden Media. 2009-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr.