Terabitiyaga sayohat (2007-yildagi film)

Terabitiyaga sayohat – 2007-yilda Devid L. Paterson va Jeff Stokvell ssenariysi boʻyicha Gabor Csupo rejissyorligida suratga olingan AQSHning fantastik drama filmi. Film 1977 yilda Ketrin Patersonning xuddi shu nomdagi romaniga asosan suratga olingan. Bosh rollarda Josh Xatcherson, AnnaSofiya Robb, Beyli Medison, Zooi Deschanel va Robert Patrik ishtirok etgan. Filmda oʻsmir bolalar Jesse Aarons (Hutcherson) va Leslie Burke (Robb) oʻzlarining hayotlaridagi muammolardan uzoqlashish va boʻsh vaqtlarini birgalikda oʻtkazish uchun fantastik „Terabitiya“ olamini yaratishgan.

Terabitiyaga sayohat
Rejissyor(lar) Gábor Csupó
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Qaysi asarga
asoslangan
Terabitiyaga sayohat
Katherine Paterson
Rollarda
Bastakor(lar) Aaron Zigman
Kinematografiya Michael Chapman
Muharrir(lar) John Gilbert
Studiya(lar)
Distribyutor
Chiqarilgan sanasi
  • 16-fevral, 2007-yil(2007-02-16)
Davomiyligi 95 daqiqa[3]
Mamlakat Amerika Qoʻshma Shtatlari[1]
Til inglizcha
Byudjeti 17 million dollar[4][5]
Daromadi 137.6 million dollar[5]

Asl roman Patersonlar oʻgʻli boʻlgan Devid L. Patersonning bolaligidagi voqealarga asoslangan boʻlib, Devid film ssenariysini oʻzi yozishni davom ettirgan. 2005-yilning oxirida Csupó ishga qabul qilingan va senariyning asosiy qismi yakunlangan. Asosiy suratga olish ishlari 2006 yil fevral oyida boshlanib, aprel oyigacha Aucklandda boʻlib oʻtgan. Film 71 yoshli kinematograf Maykl Chapmanning eng soʻnggi filmi boʻlib, u keyinchalik nafaqaga chiqishni rejalashtirgan.

Terabitiyaga sayohat 2007-yilning 16-fevralida Buena Vista Pictures tomonidan AQShda namoyish etilgan. Film oʻzining vizual tasvirlari, aktyorlar ijrosi va hayotiy voqealarga asoslanganligi uchun tanqidchilar tomonidan ham ijobiy qabul qilingan. Film butun dunyo boʻylab 137,6 million dollar daromad qilgan. Film 29th Young Artist Awardsda oʻz nomzodi bilan barcha besh mukofotni qoʻlga kiritgan.

Voqealar rivoji

tahrir

Jess Aarons 12 yoshli koʻngilli rassomlardan boʻlib, moliyaviy jihatdan qiynalayotgan oilasi bilan Lark Krikda yashardi. Jess Janice Avery ismli qiz tomonidan koʻplab haqoratlanar va Jess singlisi May Belle bilan maktabga avtobusda borishar edi. Kunlarning birida Jess Leslie Burke ismli yangi oʻquvchi bilan doʻstlashadi. Jess uyda doimiy mashq qiladigan yugurish musobasiga tanaffusda qatnashadi. Lekin bu musobaqada Lesliening gʻalaba qozonishi Jessni xafa qiladi. Jess va Leslie uyga qaytishayotganida qoʻshni ekanliklarini bilib qolishadi.

Soʻng Jessning otasi bilan muosabatlari yaxshi emasligi maʼlum boʻladi. Otasi Jessning singlisi May Belle bilan koʻp vaqtini oʻtkazardi. Moliyaviy qiyinchiliklari tufayli onasi ham Jessni katta opasining krossovkalarini kiyishga majburlaydi. Bir kuni maktabda Lesli Jessning chizish qobiliyatini maqtaydi va ular doʻst boʻlishni boshlashadi. Darsdan keyin ular oʻrmonga kirib, arqon bilan soydan oʻtib olishadi. Jess va Leslie oʻrmon ichidagi daraxtlarning birida tashlandiq uyini topib olishadi, va Terabitiya nomli yangi dunyoni kashf qilishadi. Keyingi bir necha kun davomida Jess va Lesli bir-birini yaxshiroq bilish uchun boʻsh vaqtini daraxtdagi uyida birga oʻtkazadi.

Leslie Jessga tugʻilgan kunida boʻyoqlar toʻplamni sovgʻa qiladi. Jess otasidan unga boʻlgan munosabati uchun gʻazablanadi. Ertasi kuni Jess Lesliega Terabitiyaga boʻlgan ishonchining yoʻqligi va uning mavjud emasligini aytib Leslieni xafa qilib qoʻyadi. Keyinchalik Jess Leslidan kechirim soʻrash maqsadida unga Prince Terrien laqabli kuchukchani sovgʻa qiladi. Terabitiyada ular turli xil mavjudotlarga duch kelishadi, ulardan biri ulkan troll boʻlgan. Troll zoʻravon Janice Averyga qiyoslangan. Maktabda Janicening haqoratlaridan charchagan Leslie Jess bilan birgalikda unga hazil qilishadi va Janice hammaning oldida xijolat tortadi. Leslie Jessni ota-onasi bilan tanishtiradi va Jess Leslielarining uyini boʻyashga yordam beradi. Soʻng Leslie maktabdaligida Lesli Janicening barcha zoʻravonliklariga sabab uning tajovuzkor otasi ekanligini bilib qoladi va ikkisi doʻstlashishadi. Keyinchalik Janice Jess bilan ham doʻst boʻladi. Jess va Leslie kuchuk P.Tni Terabithiaga olib boradilar. Terabitiyada ular oʻzlarining ramziy dushmanlari hisoblangan bir nechta mavjudotlarga qarshi kurashadilar. Bu safar troll ularning ittifoqchisi sifatida jonlantiriladi.

Ertasi kuni ertalab Jessni judayam yoqtirdigan musiqa oʻqituvchisi Edmunds xonim qoʻngʻiroq qilib, uni sanʼat muzeyi sayohatiga taklif qiladi. Jess uyiga qaytganida, otasi Leslie soyda arqondan sakrab oʻtayotganida boshini urib olganini va hushini yoʻqotib choʻkib vafot etganini aytadi. Jess bu gaplarni eshitgan zahotiyoq otasining so'zlariga ishonmaydi hamda ishonch hosil qilish uchun soy boʻyiga yugurib ketadi. Lekin uzilgan arqon va Leslielarning uyi oldidagi tez yordam mashinasini koʻrganida bu haqiqatni qabul qilishga majbur boʻladi.

Ertasi kuni Jess va uning ota-onasi hamdardlik bildirish uchun Burkelar uyiga borishadi. Lesliening otasi Bill Burk Jessga Leslie uni sevganini va uning eski maktabida doʻstlari boʻlmagani sababli Lesliega eng yaxshi doʻst boʻlgani uchun minnatdorchilik bildiradi. Jess Leslining oʻlimida oʻzini juda aybdor his qiladi. Terabitiyadagi „Yovuz Qirol“ Jessni taʼqib qilayotgandek sezilib yigʻlab yuboradi. Lekin Lesliening otasi unga Lesliening xotirasi ular bilan abadiy qolishini aytib tasalli beradi. Jess Terabitiyani qaytadan tasavvur qilishga qaror qiladi va yangi hukmdorni kutib olish uchun daryo ustida koʻprik quradi. Jess singlisi May Belleni Terabitiya mamlakatiga taklif qiladi va o'zini qirol, singlisini malika deb e'lon qiladi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Bridge to Terabithia“. American Film Institute. 2017-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-fevral.
  2. „Bridge to Terabithia Begins Production in NZ | Scoop News“. 2024-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-yanvar.
  3. „Bridge to Terabithia | British Board of Film Classification“. bbfc.co.uk. 2019-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.
  4. „Movie Jungle Interviews - Bridge to Terabithia Interviews - Gabor Csupo & David Paterson“. Movie Jungle. 2007-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-aprel.
  5. 5,0 5,1 „Bridge to Terabithia“. The Numbers. Nash Information Services. 2014-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-iyul.