Termin (lot. terminus — chegara, had) — bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doyr tushunchani ifodalovchi soʻz yoki soʻz birikmasi. T. umumxalq tshtiga muayyan terminologik tizim orqali oʻtadi, binobarin, T. va umumisteʼmoldagi soʻzlar bir-birini toʻldiradigan leksik birliklardir. Sistem xarakterga egalik, oʻz terminologik maydonida bir maʼnolilikka moyillik, histuygʻuni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik kabilar T.ga xos xususiyatlardir. Biologiya, mat., tilshunoslikda qoʻllanadigan "funksiya" soʻzini koʻp maʼnoli T. sifatida emas, balki terminologik omonimlar, sohalararo sodir boʻlib turadigan reterminologik jarayon (bir soha T. ining ikkinchi soha T.i sifatida qoʻllanishi) hosilasi tarzida qaralmogʻi lozim. Umumxalq leksikasiga doir qonuniyatlar T. hosil qilishda ham kuzatiladi. Soʻz bilan T. ning umumiy va xususiy tomonlari yetarli darajada ochib berilgan emas; kundalik turmushda keng isteʼmolda boʻlgan soʻzlar ayni paytda turli sohalarga doir T.lar hamdir. Mac, quloq, burun, tomoq — anatomiya va tibbiyot; gilam, sholcha, palos — gilamdoʻzlik; kitob, ruchka, daftar — pedagogik soha T.lari boʻlish bilan birga umumxalq tilida faol qoʻllanadi.

Hozirgi kunda "T." soʻzi bilan bir qatorda "atama", "istiloh" soʻzlari ham ayni maʼnoda qoʻllanmoqda. Pekin ular "T." soʻzining hozirgi maʼnosini toʻliq ifoda eta olmaydi. "Atama" soʻzi keng maʼnoda boʻlib, geografik obʼyektlar, atokli nomlarga nisbatan qoʻllanadi. "Istiloh" soʻzini esa T. maʼnosida tarixiy mavzulardagi matnlar (mas., adabiyot tarixi, Sharq falsafasi va boshqalar)da bemalol qoʻllash mumkin.

Ibodulla Mirzayev.